Davlat hokimiyati vakillik organlarining funksiyalari Reja: 1-. Davlat hokimiyati vakillik organlarining funksiyalari tushunchasi. 2-. Davlat hokimiyati vakillik organlarining funksiyalari 3-. Davlat hokimiyati vakillik organlarining funksiyalarini ta'minlash vositalari. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini tashkil etish masalalarini tahlil qilganda, eng avvalo, ular faoliyatining mazmuni nimadan iborat ekanligini aniqlab olish lozim. Davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati mazmunini tavsiflash uchun davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatiga oid adabiyotlarda va normativ hujjatlarda shu organlarning ish tajribasida «vazifalar», «vakolatlar» degan iboralar qo'llaniladi. Lekin bu iboralar tushunchasini o'zi davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati mazmunining eng muhim xususiyatlarini ifodalab bera olmaydi. Bu masalani davlat hokimiyati vakillik organlari funksiyalarini ko'rib chiqish davomida to'liq o'rganish mumkin. Davlat hokimiyati vakillik organlarining funksiyalari deyilganda ularning ijtimoiy-tarixiy ta'minlanishining asosiy tomonlari, O'zbekiston Respublikasida xalqqa tegishli bo'lgan davlat hokimiyatini amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning asosiy tomonlari tushuniladi. Funksiyalar yig'indisi davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyatining mazmuni qanday ekanligini belgilab beradi. Barcha bug'indagi davlat hokimiyati vakillik organlari uchun yagona bo'lgan asosiy funksiyalar quyidagilardan iborat: 1. Tegishli hudud aholisini birlashtirish, barcha fuqarolarning manfaatlarini ifodalash, ularni davlat, jamoat ishlarini boshqarishga keng jalb etish. 2. Tegishli hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning kompleksliligini ta'minlash. 3. Davlat xo'jalik va ijtimoiy-madaniy qurilish bo'yicha Respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan boshqa masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish. 4. O'zbekiston Respublikasining qonunlarini, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, mahalliy hokimiyat organlari qarorlari va boshqa davlat hokimiyati organlari hujjatlarini hayotga tatbiq qilish. 5. Tegishli hududda quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qilish, jamoatchilik faoliyatini birlashtirish va yo'naltirish. 6. Qonunchilikni, huquq-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash. 2-. Davlat hokimiyati vakillik organlarining funksiyalari Davlat hokimiyati vakillik organlarining xo'jalik va ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi funksiyalari. Davlat hokimiyati vakillik organlari iqtisodiyotga rahbarlikni amalga oshirganda e'tibor bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi lozim. O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishini hisobga olgan holda hududlarda davlat tasarrufidagi korxonalardan tashqari xususiy mulkchilikka asoslangan korxonalar vujudga kelmoqda va rivojlanmoqda. Davlat hokimiyati vakillik organlarining birinchi navbatdagi vazifalari shu hududda yashayotgan barcha fuqarolarni ularning ayrim guruhlari manfaatlari bilan uyg'unlashtirib olib borishdir, tegishli hududda muhofaza qilinishini ta'minlaydilar. Davlat hokimiyati vakillik organlari iqtisodiyotga rahbarlikni reja asosida amalga oshiradilar. Konstitutsiyaga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bu sohada istiqbolga mo'ljallangan dasturlarni qabul qiladi. Shuningdek, viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari tegishli hududni rivojlantirishning istiqbolga mo'ljallangan dasturlarini qabul qiladilar (O'zbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi Qonunining 24-moddasi). Davlat hokimiyati vakillik organlari iqtisodiyotga rahbarlikni muvofiqlashtirish va farmoyish berish, yo'naltirib turish faoliyatlari orqali ham amalga oshiradilar. Bulardan birinchisi ko'proq xalq deputatlari Kengashlariga xos bo'lsa, ikkinchisi hokimlarga taalluqlidir. Xalq deputatlari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.13 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.13 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:59 ]
Arxiv ichida: doc