Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi muammolari

Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi muammolari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi muammolari - rasmi

Material tavsifi

Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi muammolari Reja: Davlat mexanizmini tushunish muammolari Davlat mexanizmi va davlat apparati o'rtasidagi nisbat masalasi Hokimiyatlar bo'linishi prinsipi - davlat hokimiyatini tashkil etishning huquqiy shakli sifatida Davlat mexanizmida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari O'zbekiston Respublikasi davlat mexanizmini isloh etish muammolari DAVLAT MEXANIZMINI TUSHUNISH MUAMMOLARI Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini tushunish masalasi davlat va huquq nazariyasi fanida o'ziga xos o'rin egallaydi, ayni paytda bu masalada mutaxassislar o'rtasida unchalik yakdillik yo'q. Ilmiy adabiyotda davlatga bir tashkilot sifatida qarash ham bir necha yo'nalishlarni o'z ichiga oladi. Keng ma'noda, davlat bu -muayyan davlatning butun aholisini qamrab oladigan iyerarxik-pog'onaviy tashkilot, va bunda aholi davlatning substansional unsurini tashkil etadi. Bu aholidan iborat bo'lgan tashkilotda boshqaruvchi maxsus apparat ham mavjud. Shu joyda faqat bir holatni, bu ham bo'lsa yuqorida aytilgan apparatning o'zi ham bir tashkilot, tashkiliy shakl sifatida namoyon bo'lishini ta'kidlash lozim, Bundan xulosa shuki, davlatning institutsiyaviy unsuri, bu - davlat hokimiyatini amalga oshiradigan pog'onaviy tashkilot yoki tor ma'nodagi hokimiyat tashkilotidir. Mana shu tor ma'noda tushuniladigan, ya'ni davlat hokimiyatini amalga oshiradigan tashkilot ―davlat hokimiyati apparati, davlat apparati yoki davlat hokimiyati mexanizmi, ―davlat mexanizmi kabi tushunchalar orqali ifodalanadi. Biroq, ayrim olimlarning fikricha ―Davlat mexanizmi tushunchasi ―davlat apparati tushunchasidan kengroq, aniqrog'i, davlat apparati asosan, o'z ichiga faqat davlat organlari tizimini olsa, davlat mexanizmi esa o'z ichiga davlat organlaridan tashqari, yana kuch ishlatishga vakolatli maxsus tuzilmalarni, majburlov apparatini, davlat hokimiyatining moddiy vositalarini ham oladi. V.Lazarev tahriri ostida nashr qilingan «Davlat va huquq nazariyasi (rus tilida) kitobida xuddi shunday yondashuv bayon etilgan, ya'ni ―Davlat mexanizmi - bu jamiyatni boshqarishni va davlat faoliyatining asosiy yo'nalishlarini amalga oshiradigan organlar tizimidir. Davlat mexanizmiga qonun chiqaruvchi organlar, ijro organlari, sud va boshqa organlar, hamda zarur hollarda majburlov qo'llashga vakolatli tuzilmalar (armiya, ichki qo'shinlar, turmalar va shunga o'xshash) kiradi. Bizning fikrimizcha, mana shunday yondashuv samarali, zero davlat mexanizmi, har holda strukturaviy jihatdan davlat apparatidan keng, shu bois bu tushuncha davlat apparati tushunchasidan ham kengroqdir. Ta'kidlash kerakki, ilmiy adabiyotda davlat mexanizmiga odatda quyidagicha tipik ta'rif berishadi: Davlat mexanizmi bu-davlat hokimiyatini amalga oshiradigan, davlatning funksiyalarining bajarilishini ta'minlaydigan davlat organlari tizimidir. Boshqa ta'riflar ham shaqlan farq qilsa-da mazmunan ushbu ta'rifga yaqin turadi. Davlat mexanizmi - bu davlat hokimiyatini, uning vazifa va funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalarining yaxlit iyerarxik (pog'onaviy) tizimidir. Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi yaxlit bir tizim bo'lib, u qator xarakterli beligilarga egadir: Davlat mexanizmi bu davlat organlari va muassasalarining yaxlit iyerarxik (pog'onaviy) tizimidir. Davlat mexanizmining yaxlitligi uni tashkil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.62 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.62 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga