Davlat hokimiyatining amalga oshirish mexanizmi

Davlat hokimiyatining amalga oshirish mexanizmi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat hokimiyatining amalga oshirish mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Davlat hokimiyatining amalga oshirish mexanizmi Reja: Davlat hokimiyatining mohiyati va asosiy belgilari Davlat hokimyaitining tuzilishi va uning amalga oshirish usullari 1. Davlat hokimiyatining mohiyati va asosiy belgilari. Davlat hokimiyati - bu zo'rlikka asoslangan siyosiy hokimiyat bo'lib, u jamiyatda turli millat va guruqlar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy soqalarga rahbarlik qilishni amalga oshiradi. Davlat hokimiyati bu murakkab ijtimoiy hodisa bo'lib, u davlat hududida kishilar o'rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, uning vazifalarini amalga oshirib, davlatni ichki va tashqi hujumlardan himoya qiladi. Davlat vazifalarini amalga oshirishda xalqning irodasini huquq va huquqiy normalarda ifodalab, ularning bajarilishi barcha uchun umummajburiy bo'ladi. Bu normalar davlatning zo'rlik kuchi bilan amalga oshiriladi. Jamiyatda iqtisodiy, siyosiy va madaniy rahbarlik qilish jarayoni murakkab bo'lib, davlat hokimiyati - davlat mexanizmi unga kiruvchi - davlat apparati (davlat organlarining yig'indisi), korxonalari, muassasalari orqali boshqariladi va xalq manfaatlarini himoya qiladi. Davlat hokimiyati munosabatlarining tuzilishi quyidagi elementlardan iborat: 1) davlat hokimiyatining subyektlari turli sinflar, millat, guruh, tabaqalar va fuqarolar); 2) davlat hokimiyatining munosabatlari obyekti (xalqning birlashmalari davlat organlari, tashkilot, muassasa korxonalar), 3) davlat qokimiyatining munosabatlarini mazmuni - subyektlarni davlatni idora etishda majburiy va ishontirish usullari, orqali ishtiroki. Davlat hokimiyati siyosiy hokimiyat bo'lib, quyidagi belgilarga ega. 1. Davlat qokimiyati bu zo'rlikka asoslangan bo'lib, maxsus kishilar davlatni boshqarish bilan shug'ullanadi. Bu hokimiyat kishilar o'rtasida turli iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'rifiy ijtimoiy munosabatlarning amalga oshiradi. 2. Davlat qokimiyati - davlat mexanizmidan iborat bo'lib, bu murakkab tuzilishiga ega. Chunki bu mexanizm barcha davlat organlari muassasalari va korxonalarni o'zida birlashtiradi. Bular bir - biri bilan uzviy bog'liq bo'lib, hokimiyatni amalga oshirib, davlatning zo'rlik kuchiga asoslanadi. 3. Davlat mexanizmiga kiruvchi tarkibiy qismlar - davlat organlari muassasalari va korxonalari ma'muriy va hududiy belgilariga qarab tuziladi. 4. Davlat mexanizmiga kiruvchi bu tarkibiy qismlar o'z a'zolarini - yani fuqarolarning huquk va burchlarini amalga oshiradi va kafolatlaydi. Davlat qokimiyatining mohiyati va xususiyatlari uning siyosiy va sinfiy mohiyatida ko'rinadi. Shuning uchun yuridik adabiyotda «davlat hokimiyati» va «sinfiy hokimiyat» iboralari bir xil manoni bildiradi. Davlat hokimiyati - bu siyosiy va sinfiy xarakterga egadir. Uning sinfiyligi qarama- qarshi sinflarga bo'lingan jamiyatlarga (quldorlik, feodal)ga xosdir. Davlat hokimiyati iqtisodiy va siyosiy jihatdan hukmron sinf qo'lida edi. Davlat hokimiyati - hukmron sinf quldorlar, feodallar manfaati uchun xizmat qiladi, Demokratik jamiyatda davlat hokimiyati qukmron sinf manfaatlarini ifodalamasdan, barcha sinf millat, elat, tabaqalar va xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi. Davlat hokimiyati mohiyatiga ko'ra demokratik (xalq hokimiyati) va g'ayridemokratik hokimiyatlarga bo'linadi. Demokratik hokimiyat - bu xalqning barcha millat, elat, tabaqa va guruhlarning davlat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.95 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.95 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga