Davlat ichki tashqi funksiyalari

Davlat ichki tashqi funksiyalari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat ichki tashqi funksiyalari - rasmi

Material tavsifi

Davlat ichki tashqi funksiyalari Reja: Дavlat funksiyasi tushunchasi va mohiyati; Davlat funksiyalari tasnifi; davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta'sir qiluvchi omillar; O'zbekiston davlatining asosiy funksiyalari Davlat ichki tashqi funksiyalari Ma'lumki, har qanday davlat doimo faol yoki mo'tadil ravishda faoliyat yuritadi. Chunki faoliyatsizlik davlatning tabiati va maqsadiga to'g'ri kelmaydi. Shundan kelib chiqib, har qanday davlatning mohiyati eng avvalo, uning faoliyatida, funksiyalarida namoyon bo'ladi. Davlatning faoliyat soxalari xilma xil bo'lganligini hisobga olib, uning faoliyatining bosh yo'nalishlarini alohida ajratish zarurati kelib chiqqan. Ana shu bosh yo'nalishlarda davlat mohiyati mujassam bo'ladi, amalga oshiriladi va rivoj topadi hamda ular davlatning mavjud bo'lish tarzini ifoda etadi. Biroq davlat funksiyalarida faqat uning mohiyati o'z ifodasini topadi deb o'ylash xato bo'lar edi. Bunda muayyan davrdagi o'ziga xos jihatlari, siyosiy hokimiyatni amalga oshirish hamda davlatga uyushgan jamiyatni boshqarishning alohida xususiyatidan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarini aslo yoddan chiqarib bo'lmaydi. Shu bilan birga davlatning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishi va bu boradagi vazifalarni bajarishi bevosita uning faoliyati ya'ni funksiyalari bilan bog'liqdir. Yuridik fanda hozirgacha Davlat funksiyasi kategoriyasiga ta'rif berishda yakdillik yo'q. Shunday bo'lsada, Davlat va huquq nazariyasi fanining muhim kategoriyalaridan biri hisoblangan mazkur tushunchani har tomonlama o'rganish va tushunish nafaqat huquqshunos uchun balki, hozirgi kunda fuqarolik jamiyatini shakllantirayotgan va huquqiy demokratik davlatni qurayotgan O'zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun ham dolzarb ahamiyatga ega bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunda Respublikamiz huquqshunos olimlari tomonidan Davlat va huquq nazariyasi faniga oid bir qator darsliklar, o'quv qo'llanmalar va boshqa adabiyotlar yaratilgan. Mazkur asarlarda davlat funksiyasiga u yoki bu darajada ta'riflar berilgan. Ularda huquqshunos olimlarning davlat funksiyasiga qarashlarida jiddiy farq yo'q, asosan so'zlar, iboralar haqida bahs boradi, xolos. Bu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki oxirgi paytlarda jahon hamjamiyatida juda katta o'zgarishlar bo'ldi, texnika rivojlanishi, tabiatning o'zgarib borishi davlat funksiyalariga bir qancha o'zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda. Agarda davlat o'z funksiyalarini qayta taqsimlamas ekan bunday davlat oqsoqlanib jahon hamjamiyatidan orqada qolishi turgan gap. Mavzuning qiziqarliligi shundan iboratki, ushbu mavzu to'lig'icha hayot bilan bog'liq, har bir muammoli tomoniga hayotdan yorqin misol topish mumkin.Ushbu mavzuni amaliyotga yo'naltirib katta-katta natijalarga erishish mumkin. Mavzuning ijtimoiyligini qayerda ko'rish mumkin? Mavzuning ijtimoiyligi shunda ko'rinadiki davlatning o'zi muhim ijtimoiy hodisa bo'lib hisoblanadi.Shunday ekan uning amalga oshiradigan vazifalari(funksiyalari) ham ijtimoiylik kasb etadi. Mazkur kurs ishida davlat funksiyasi tushunchasi, mazmuni va uni tasniflash, davlat funksiyalarining davlat maqsadi va vazifalari bilan o'zaro nisbati, davlatning ichki va tashqi funksiyasi kabi masalalar yoritildi. Kurs ishini tayyorlashda mamlakatimizda va xorijda mavzuga oid e'lon qilingan yuridik adabiyotlar, ilmiy jurnal va ommaviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.85 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.85 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga