Davlat mexanizmi tushunchasi va xususiyatlari

Davlat mexanizmi tushunchasi va xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat mexanizmi tushunchasi va xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Davlat mexanizmi tushunchasi va xususiyatlari Reja: hokimiyat vakolatlarining taqsimlash tamoyili; Davlat idorasi tushunchasi va turlari; Davlat apparati va davlat mexanizmi. Davlat mexanizmi tushunchasi va xususiyatlari O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo'lib, xalqaro huquq subyekti sifatida tan olindi. Hozirgi taraqqiyot bosqichida Respublikamiz davlat suverenitetini mustahkamlash, iqtisodiy siyosiy, ijtimoiy va madaniy muammolarni hal etish, porloq istiqbolga erishish jamiyatimiz hayotining asosiy mazmuni bo'lib qolmoqda. Mustaqillikni mustahkamlash esa Respublikamizda demokratik huquqiy davlatning barpo etilishiga bog'liq. Hozirgi kunda suveren davlatimizda juda ko'p o'zgarishlar ro'y bermoqda. Yangi qonun chiqaruvchi organ ish boshlab yubordi. Birinchi konstitutsiya va ko'pgina qonunlar qabul qilindi. Jamiyatimizning barcha a'zolari qonunlarni o'rganib,ularga rioya qilish va hayotga tatbiq etish yo'llarni o'rganmoqdalar Qonunlarni o'rganish va ularni hayotga tadbiq etishda davlat va huquq nazariyasining roli juda katta bo'lib hisoblanadi.Huquqiy tafakkur, siyosiy va huquqiy dunyoqrash ong hamda yuridik madaniyatni shakllantrish,jamiyatdagi davlat huquqiy voqeliklar xususida muntazam tizimli bilimlar hosil qilish-bu fanning asosiy vazifasidir.Ushbu fanning o'rganish obyektini davlat va huquq kabi tushunchalar tashkil etadi. Davlat mexanizmi esa davlatning eng asosiy institutlaridan biri desa mubolag'a bo'lmaydi. So'ngi vaqtlarda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jahon taraqqiyotining asosiy maqsadi bo'lib kelmoqda. Demokratik huquqiy davlatning shakllantirilishi davlat mexanizmining qay darajada tuzilganligiga bog'liqdir. Shunday ekan davlat mexanizmini tuzishga alohida e'tibor bilan qarash kerak deb hisoblayman. Bu borada mustaqil O'zbekiston Respublikasida ham qator ilmiy va amaliy harakatlar amalga oshirilmoqda. Zero, yangi demokratik davlatchilik binosini barpo etayotgan yosh va kelajagi buyuk davlatimiz uchun mos va soz davlat mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Quyidagi kurs ishida davlat va huquq nazariyasining eng muhim sohalaridan biri davlat mexanizmi tushunchasi, xususiyatlari, davlat idoralarining tarkib topish yo'llari va usullari xususida fikr-mulohazalar, qarashlar, bu sohaning yuridik atama sifatidagi talqini va ma'no-mohiyati, jamiyatni boshqarishdagi ahamiyatli tomonlari ma'lum ma'noda ochib berilgan. Kurs ishi quyidagi tartibda tuzilgan: Kirish qismi-kurs ishining qisqacha mazmuni yoritib berilgan. Asosiy qism-to'rt bo'limdan iborat bo'lib mavzuning asosiy ma'no mohiyati yoritib berilgan. Xulosa-mavzu yuzasidan qisqacha xulosa va ushbu soha bo'yicha kiritilishi mumkin bo'lgan taklif va mulohazalar berib o'tilgan. Adabiyotlar ro'yxati-kurs ishini yozish davomida ishlatilgan barcha adabiyotlarning ro'yxati keltirilgan. Davlat mexanizmi tushunchasi va xususiyatlari. Xar qanday davlatda jamiyat va davlat oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish, ko'zlangan maqsadlarga erishish uchun turli davlat idoralari faoliyat ko'rsatadi. Davlat mexanizmi - bu davlat hokimiyatini amalga oshirishga, jamiyatga davlat rahbarligini ta'minlashga yordam beradigan davlat idoralari tizimidir. Davlat hokimiyati mexanizmi ma'lum elementlardan tashkil topdi. Ular davlat hokimiyati mexanizmini yaxlitligini va yagonaligini ta'minlashi lozim. Shu bilan birga bu elementlarni davlat hokimiyati mexanizmi doirasida kurmok va ularga baho bermok lozim. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.8 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.8 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga