Davlat mohiyati haqidagi nazariyalar Reja: 1. Davlatning mohiyati tushunchasi 2. Davlat mohiyati to'g'risidagi nazariyalar tushunchasi va turlari: «Davlat butun xalqning manfaatlarini ko'zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo'lishi, iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi yo'nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o'zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro'yobga chiqarishi kerak». I. Karimov asrning so'nggi o'n yilligi insoniyat tarixiga ijtimoiy dunyoqarashda, jahon hamjamiyatining jug'rofiy-siyosiy (geopolitik) tuzilishida tub o'zgarishlar davri bo'lib kirdi. Bir tomondan, davlatlar, xalqlarning yaqinlashuvi, hamkorlikning kuchayishi yaxlit siyosiy va iqtisodiy makonlarning vujudga kelishi, yagona xalqaro me'yorlar (normalar) qoidalar va andazalarga o'tiliishi, ikkinchi tomondan, sotsialistik lagerning yemirilishi va totalitar tuzumlarning tugatilishi, ulariing o'rnida yosh mustaqil davlatlarning paydo bo'lishi bu davrning o'ziga xos xususiyatidir. XXI asr boshida yangi hodisalar, ijtimoiy munosabatlar va siyosiy jarayonlar an'anaviy tushunchalarga mos kelmayapti, «Mulkchilik», «ishlab chiqarish munosabatlari», «fuqarolik jamiyati», «demokratiya», «davlat», «huquq» kabi tushunchalar butunlay yangi mazmun kasb etmoqda. Davlat kishilik jamiyati taraqqiyotning muayyan bosqichida paydo bo'ladi. Ushbu bosqichda ilgari mavjud bo'lgan ijtimoiy mahsulotni teng taqsimlash tizimi natija bermay qo'yadi, jamiyatning yanada rivojlanishi uchun boshqarish bilan shug'ullanadigan Sharq jamiyatlaridagidek siyosiy yoki Yevropamamlakatlaridagidek siyosiy va iqtisodiy sohalardagi nufuzli (elita) qatlamining ajralib chiqishi zarurati tug'iladi. Bu esa, o'z navbatida, jamiyatning tabaqalarga bo'linishiga olib keladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida hokimiyat jamiyatning barcha a'zolariga taaluqli edi. Keyingi bosqichda esa hokimyat siyosiy ma'no kasb eta boshlaydi, ya'ni u, eng avvalo, imtiyozli ijtimoiy guruhlar, sinflar manfaatlari uchun xizmat qila boshlaydi. Binobarin, davlatning kelib chiqishi hamisha ijtimoiy hokimiyatning ommaviy siyosiy hokimiyatga aylanishi bilan bog'liq. Bu hokimiyatning ijtimoiy jamoa tuzumidan farqli o'laroq, eng avvalo, jamiyatning imtiyozli qismi va sinfiy manfaatlarga xizmat qilishini bildiradi. Bunday holatda sinfiy yondashuv mazkur hokimiyatni tavsiflash, bunday davlatning mohiyatini ta'riflashga imkon yaratadi. Albatta, davlat tushunchasiga u yoki bu yondashuvni dabdurustdan inkor etish to'g'ri emas. Davlatga berilgan har qanday ta'rifni diqqat bilan o'rganish kerak. Bunda asosiy e'tiborni davlatning mohiyati nimadan iboratligiga qaratish lozim. Shu bois, mohiyat mazkur hodisadagi bosh, belgilovchi, asosiy jihatdir, ya'ni bu hodisani tashkil etadigan ichki o'ziga xos xususiyatlari yig'indisi bo'lib, ularsiz har qanday hodisa o'ziga xoslikdan mahrum bo'ladi. Davlat mohiyatining asosiy jihati hokimiyat va uning kimga tegishliligi masalasidir. Hozirgi davrda demokratik huquqiy davlat nazariyasini ishlab chiqish huquqshunoslik fanining asosiy g'oyasi va vazifasidir. Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish hozirgi paytda jahon taraqqiyotining markaziy yo'nalishidir. U ijtimoiy borliqni butunlay qamrab oladi. Bu esa hozirgi davrda davlat va huquqning ahamiyati obyektiv ravishda yanada oshishiga olib kelmoqda. Davlat va milliy huquqiy tizimlarning yaqinlashuvi umumbashariy hodisa bo'lib, XXI asr yurispudensiya taraqqiyotining ustuvor yo'nalishidir. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.88 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.88 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:00 ]
Arxiv ichida: doc