Davlat moliyaviy faoliyatining huquqiy asoslari

Davlat moliyaviy faoliyatining huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat moliyaviy faoliyatining huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Davlat moliyaviy faoliyatining huquqiy asoslari Reja: Moliya va moliyaviy faoliyatning tushinchasi. Moliviy faoliyatni amalga oshirish tamoyillari, usullari va shakllari. Moliya tizimi va uning vazifalari. Moliya va moliyaviy munosabatlarning vujudga kelish tarixi uzoq insoniyat tarixini tarkibiy kismi bo'lib, ming yillar oldin paydo bo'lgan. Kadimda amalda bo'lgan Щamurappi qonunlari yoki Hindistonning Manu qonunlarini, ularning barchasida boj-xiroj, soliklar to'plash, davlat xazinasi hisob-kitobi kabi masalalar o'z aksini topgan. Ularda jamiyat hayotida mustahkam urin tutgan pul hisob-kitobi bilan bolik moliyaviy munosabatlarga katta ahamiyat berilgan. Chunki moliya sohasida,solik boj sohasida to'g'ri siyosat olib borilishi jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Moliya o'z mohiyatiga ko'ra iqtisodiy kategoriya bo'lib, hozirda iqtisodiy-siyosiy tuzimi turlicha bo'lgan davlatlar tomonidan birday foydalaniladi. Bu kategoriya boka iqtisodiy kategoriyalar, pul foyda, tannarx, kredit, qiymat va boshqalar kabi jamiyatdagi malum munosabatlar, mehnat mezoni va istemol me'yori, ishlab chiqarishni ragbatlantirish, milliy daromadni taksimlash kabi munosabatlarning mohiyatini tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya kategoriyasining ahamiyati kuchayib, ijtimoiy ishlab-chiqarishni tartibga solish, ma'muriy buyrukbozlik usulida boshqarishni tulik almashtiradi. Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar va pul munosabatlarining mavjudligi bilan bolik. Moliya munosabatlarining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulk shakllari, xo'jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bilan xam bog'liqdir. Milliy daromadning taksimlanishi pul shaklida amalga oshiriladi, lekin pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o'z ichiga ololmaydi. Moliya munosabatlarining mavzusi, asosan davlat va uning hududlaridagi bo'limlarining hamda korxonalarining pul fondlarining shakillantirish va ulardan foydalanish masalalaridan tashkil topadi. Shuning uchun xam moliyaning rivojlanishi davlatning rivojlanishi va uning zaxiralariga bo'lgan ehtiyoji balan bevosita aloqador hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganligi va uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida sodir bulayotgan tub o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Mamlakatda moliyaviy munosabatlarni tartibga solish masalalari dolzarb muammo bo'lib kolmokda. Moliya huquqi ijtimoiy munosabatlarning ayrim maxsus tamonlarini o'z ichiga olgan holda, davlatning moliyaviy faoliyatini xam belgilaydi. Davlatning moliyaviy faoliyati bu - davlat zimmasidagi funksiyalarni bajarilishini ta'minlash yo'lida pul mablaglarini to'plash, taksimlash sohasidagi tadbirlardan iboratdir. Moliyaviy faoliyat milliy daromadni taksimlash va qayta taksimlash yo'li bilan shaxsiy ehtiyojlarinigina emas, shu bilan birga ijtimoiy ehtiyojlarni kondirish borasidagi obyektiv jarayon hisoblanadi. Tovar ishlab-chiqarish qiymat qonunini amal qilishi, pul, kredit va shunga o'xshash boshqa iqtisodiy kategoriyalarning obyektiv zarurligini belgilaydi. Ishlab-chiqarish jarayonida korxona tashkilot va fuqarolarda muayyan pul jamgarmalari vujudga keladi va moliyaviy faoliyat natijasida ushbu jamgarmalarning muayyan kismi ijtimoiy ehtiyojlarni kondirish uchun umum davlat fondlariga jalb etiladi. Shunday qilib yangi istemol mahsulot va milliy daromadni taksimlash zarurati, pul munosabatlarining amal qilishi davlatning maxsus moliyaviy faoliyatini, maxsus vakolatli davlat idoralari tomonidan rejali ravishda moliyaviy mablaglar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.35 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.35 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga