Davlat organlari tizimi

Davlat organlari tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat organlari tizimi - rasmi

Material tavsifi

Davlat organlari tizimi Reja: 1. Vakillik hokimiyati organlari. 2. Shaxs huquqiy holatining asoslari. 3. fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. Davlat faoliyati va davlat organlari tizimi, vakillik hokimiyati organlari ijro etuvchi - farmoyish beruvchi hokimiyat organlari, sud organlari, huquqni himoya qiluvchi organlar, oliy vakillik organlari, mahalliy organlar, Uzbkiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari faoliyatining huquqiy tartibga solinishi. Davlat o'z faoliyatini davlat organlari orqali amalga oshiradi, davlat organlari tizimiga kuyidagilar kiradi: vakillik hokimiyati organlari, ijro etuvchi farmoyish beruvchi hokimiyat organlari, sud organlari, huquqni himoya qiluvchi organlar. Vakillik hokimiyati organlari oliy va mahalliy organlarga bo'linadi. O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. mahalliy vakillik hokimiyat organlariga xalq noiblari viloyat, tuman, shahar Kengashlari, shaharcha, qishloq, ovullar va mahallalar aholisining yiginlari kiradi. Oliy va mahalliy vakillik hokimiyat organlari xalq irodasini ifodalaydi hamda unga umumiy majburiy tus beradi. Davlat organlari tizimidagi vakillik hokimiyat organlari yetakchi ahamiyatga ega,chunki ular davlat hayotining barcha masalalarini xal qiladi. Ijro etuvchi va farmoyish beruvchi hokimiyat tizimiga O'zbekiston Respublikasining Prezidenti rahbarlik qiladi. Bunga davlat boshqaruv organlari: Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat ko'mitalari, hokimiyatlar, shuningdek shaharchalar, qishloqlar, ovullar, mahallalarning raislari va oksokollar (ularning maslahatchilari) xam kiradi. Respublika sudlari tizimiga Konstitutsiyaviy sud, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Korakalpogiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasining Oliy xo'jalik sudi, Korakalpogiston Respublikasining xo'jalik sudi, viloyatlar sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo'jalik sudlari kiradi. huquqni himoya qilish organlariga prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv idoralari, Adliya vazirligi idoralari kiradi. huquqni himoya qilish organlari alohida vazifalarni - qonunchilik va xunuk tartibotni xar tomonlama mustahkamlash, huquq buzilishi xollarining oldini olish vazifalarini bajaradi, shu tarika ijtimoiy tuzumni, uning siyosiy va iqtisodiy tizimini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkchilikning xamma shakllarini muhofaza qilishga yordam beradi. Davlat hokimiyati organlarining ishi Konstitutsiya, Respublika qonunlari va boshqa xukuiy hujjatlari bilan tartibga Vakillik hokimiyati organlari. Oliy Majlis, Oliy Majlisga deputatlar saylovi, joylardagi dvlat hokimiyati organlari, xalq deputatlari kengashlari, xalq noiblari, xalq noiblari Kengashlari, O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi vakillik hokimiyati organlariga rahbarlik qiladi. U davlat hokimiyatining oliy organi bo'lib, qonun chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Oliy Majlis keng vakolatlarga ega. U Konstitutsiyani kabul qiladi, unga o'zgartish va ko'shimchalar kiritadi, Respublika qonunlarini kabul qiladi, ularga o'zgartirish va ko'shimchalar kiritadi, O'zbekiston Respublikasining qonun chikaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilaydi, O'zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini kabul qiladi va ularning Respublika tarkibidan chiqishi haqidagi karorlarni tasdiklaydi, boj, valyuta va kredit ishlarini davlat banklarini boshqarishni, Respublikaning maomuriy hududiy tuzilishi hamda chegaralarini o'zgartirish masalalarini qonun yo'li bilan tartibga solib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.41 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.41 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga