Reja: Idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko'rib hal etishning umumi tavsifi Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat berish Saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko'rib chiqish muddati va tartibi Notarial harakatlar yoki bunday harakatlarni bajarishni rad etganlik ustidan berilgan shikoyatlar to'g'risidagi ishlarni ko'rish Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi noto'g'riliklarni beglilash Prokurorning huquqiy hujjatni g'ayriqonuniy deb topishi haqida Idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko'rib hal etishning umumi tavsifi Fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonun hujjatlarida, jumladan Fuqarolik Protsessual kodeksining 2-moddasida belgilanganidek, sudlar da'vo ishi tartibida yuritiladigan ishlardan tashqari idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan beriladigan shikoyatlarni ham, alohida ish yuritish tartibida hal qilinadigan ishlarni ham ko'radilar. Davlat idoralari va boshqa idoralar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan beriladigan shikoyatlarni faqat qonunda to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan hollardagina sudlarga taalluqli bo'ladi. Umumiy qoida bo'yicha, idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari)ga beriladigan shikoyatlar asosan ma'muriy tartibda ish yuritish qoidasiga amal qilgan holda ish ko'riladi.1 Amaldagi fuqarolik protsessual kodeksida bu turkumga kiradigan ba'zi ishlarning hal etilishini sudning vakolatiga kiritilganligini va uning ish ko'rish doirasini kengayganini ko'ramiz, jumladan, bu masalalarga oid FPKning uch kichik bo'lim ajratilib, uni davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek masabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo'yicha ish yuritish deb nomlanib, umumiy qoida deb nomlangan 29-bobda davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansador shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyatlarga oid ishlar yoritilib, bu ishlarga: 1-dan, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlari ustidan shikoyat berish; 2-dan, notariusning, fuqarolik holati aktlarini qayd qilish organining muayyan harakatlarini bajarishni rad etganligi yoki noto'g'ri bajarilganligi ustidan shikoyat berish; 3-dan, prokurorning huquqiy hujjatning g'ayriqonuniy deb topish to'g'risidagi arizasini ko'rish bilan bog'liq ishlarni ko'rib hal etish belgilangan (FPKning 264-moddasi). Fuqarolarning ishtiroki bilan bo'ladigan bunday ma'muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko'rib hal etishning sud tartibi sudsiz ma'muriy tartibda ko'riladigan ishlarga nisbatan muayyan ustunliklarga ega bo'lish nizolarning to'g'ri hal qilinishiga katta kafolatlar yaratilganligini, fuqarolar, davlat va boshqa idoralarning huquq ham manfaatlarini jiddiy qo'riqlanishi bilan farqlanadi. Idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatdar yuzasidan kelib chiqadigan ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo'yicha, ammo ularning ayrim xususiyatlarini e'tiborga olgan holda sudda ko'riladi. Bunday ishlar ma'muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiksa ham, biroq qonunda ko'rsatilgan hollarda sud tartibida ko'rishga taalukli qilib belgilangan. Qonunda ma'muriy huquqbuzarlik qoidalarini buzish uning huquqiy oqibatlari organlar, mansabdor shaxslar va sud tomonidan bunday ishlarni ko'rib hal qilish tartibiga, undan keyin ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.34 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.34 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:00 ]
Arxiv ichida: doc