Davlat suv kadastri Reja: 1- Davlat suv kadastrinnig tushunchasi. 2-Davlat suv kadastrining mazmuni 3-Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishni tashkil etish tartibi Mamlakatimiz hududidagi suv boyliklaridan oqilona va tejamli foydalanishni ta'minlashda davlat suv kadastrini yuritish muhim ahamiyatga ega. Suv to'g'risidagi ma'lumotlar majmui suvdan rejali asosda foydalanishga xizmat qiladi. Davlat suv kadastriga oid munosabatlar O'zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to'g'risida»gi qonuni va Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 7 yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to'g'risidagi Nizomi bilan tartibga solinadi. Suv to'g'risidagi ma'lumotlar bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ushbu qonun va Nizomga binoan Davlat suv kadastri suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, suv xo'jaligi tartibga solish, xo'jalik faoliyatini, ekologik vaziyatni baholash maqsadida ishlab chiqiladi va yuritiladi hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlat suv kadastrini yuritish tartibi to'g'risida fikr yuritishdan oldin uning tushunchasi haqida tassavurga ega bo'lish lozim. Davlat suv kadastri deganda yagona davlat suv fondini tashkil etuvchi suv obyektlari, suv resurslarining rejimi, sifati va undan foydalanish haqidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to'g'risidagi malum tarzda tartibga solingan, doimiy to'ldirib boriladigan va zarurat bo'lganda aniqlashtiriladigan ma'lumotlar to'plami tushuniladi. Ushbu ta'rifdan davlat suv kadastri suv resurslari va suvdan foydalanuvchilar to'g'risidagi ma'lumotlar ekanligini, yani suvning pasport hisoblanishini tushunish mumkin. Davlat suv kadastri tushunchasi haqida gapirganda uning obyektlari va predmetini aniqlash lozim bo'ladi. Davlat suv kadastrining obyekti bo'lib yer usti va yer osti suv obyektlari va resurslari hisoblanadi. Davlat suv kadastrining predmeti bo'lib suv resurslaridan miqdor va sifat ko'rsatkichlari bo'yicha foydalanishni har tomonlama o'rganish va baholash, suvdan foydalanish huquqini va suvdan xo'jalik maqsadlarida foydalanishni ro'yxatdan o'tkazish hisoblanadi. Suv kadastrini yuritishda suv boyliklarini baholash muhim ahamiyatga ega. Suv resurslarini baholash deganda standart gidrometrik asboblar bilan o'lchash orqali yil davomida, shuningdek uzoq yillar davomida suvlarni miqdor va sifat ko'rsatkichlarini muntazam ravishda hisobga olish, olingan ma'lumotlarning ishonchliligini tahlil qilish hamda ularni standart usullar bilan qayta ishlash va turli hududiy va vaqt birliklari bo'yicha umumlashtirish tushuniladi. Davlat suv kadastrining asosiy maqsadi davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarni suv obyektlari va suv resurslarining suv rejimi, sifati va undan foydalanish yo'nalishlari, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to'grisidagi zarur ma'lumotlar bilan ta'minlashga xizmat qilishdan iboratdir. Davlat suv kadastrining asosiy vazifasi esa eng kam chiqimlar bilan zamonaviy darajada axborotlarni to'plash, umumlashtirish, saqlash va taqdim etish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirib borish yo'li bilan suv resurslari va suv obyektlari haqida ishonchli axborotni olish va saqlashni tashkil etadi. Davlat suv kadastrining tarkibiy qismlari suv ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.13 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.13 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:00 ]
Arxiv ichida: doc