Davlat tuzilish shakli

Davlat tuzilish shakli

O'quvchilarga / Huquq
Davlat tuzilish shakli - rasmi

Material tavsifi

Davlat tuzilish shakli Reja: Davlat shakllari tushunchasi. Davlatning tuzilish shakli tushunchasi va uning mohiyati A) Unitar davlat. B) Federativ davlat. S) Konfederativ davlat. Davlat tuzilish shakli Respublikamizda demokratik huquqiy davlat barpo etish va adolatli fuqarolik jamiyatini qaror toptirish jarayoni ayni vaqtda jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yuz berayotgan jamiyatimizdagi o'zgarishlar bizni ko'pchilik tushunchalar, atamalarni qaytadan idrok etishimizga va hatto qadriyatlarni qayta baholash bilan shug'ullanishga undamoqda. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Zero, davlat va huquq nazariyasi sobiq ittifoq sharoitida ma'muriy buyruqbozlik tizimining g'oyaviy asosi va himoyachisi vazifasini bajarganligi sababli, u albatta, qayta idrok etilishiga muhtojdir. Bundan tashqari, bugungi kundagi jamiyatimiz taraqqiyotiga xos yangiliklar, davlat va huquq tushunchasi, ularning mohiyati, tasnifi, vazifalarini yangicha talqinda tubdan qayta ko'rib chiqishni zamon taqozo etmoqda. O'zbekiston Respublikasi chuqur ijtimoiy-siyosiy islohotlar davrini boshidan kechirmokda: mamlakat iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o'tmoqda; jamiyatda umuminsoniy qadriyatlar borgan sari ko'proq, karor topmokda; shaxs huquqlari va erkinliklarini, sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish davlatning burchiga aylanmokda. Har bir talaba davlat va huquq nazariyasi fanini to'la va chuqur o'rganib olsa, uning umumiy darajasi, huquqiy ongi, atrofda kechayotgan siyosiy jarayonlarni tushunish layoqati talab darajasida bo'ladi. Chunki bu fan, talabaga nafaqat yuridik bilimlar beribgina qolmay, balki uning huquqiy madaniyati, huquqiy ongini hamda huqukiy tafakkurini shakllantirishga ilmiy informatik baza bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari davlat va huquq nazariyasi fanining asosiy tushunchalarini yaxshi o'zlashtirish asosida talabada siyosiy madaniyat, siyosiy ong va siyosiy tafakkur shakllanishi xam shubxasizdir, chunki davlat-huquqiy hodisalar ayni paytda siyosiy-ijtimoiy hodisalardir. Oddiyroq qilib aytadigan bo'lsak, davlat-huquqiy hodisalar siyosat bilan bog'liqdir. Bo'lajak yurist uchun esa huquqiy va siyosiy madaniyat, tafakkurning kasbiy shakllanishida bag'oyat katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham, mening fikrimcha bakalavriatning birinchi kursida davlat va huquq nazariyasini chuqur o'rganish o'ta muhimdir. Mana shu yuqorida aytilgan fikrlar mening davlat va huquq nazariyasi fanidan kurs ishi yozishimga sabab bo'ldi. Davlat va huquq nazariyasi o'quv kursi mavzulari ichidan men davlat boshqaruv shakli mavzusini tanladim. Chunki, davlatni tushunishda tuzilish shakli alohida ahamiyatga ega. Zero, tuzilish shakli davlat yo'li bilan uyushgan jamiyatda davlat qanday xajmda ekanligini aniqlashtirib beradi. Davlat tuzilish shakli insoniyatni qadimdan kiziqtirib kelgan muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolar umuman davlat shakllari, jumladan, davlat tuzilish shakli masalasi meni juda qiziqtiradi. Yurtboshimiz aytganlaridek: «Har bir davlat - betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma'naviy taraqqiyotining hosilasidir» har bir davlat shaklida shu davlatning tarixi, an'anlari, mentaliteti o'zining ifodasini topadi. Ayni paytda har bir kishilik jamiyati taraqqiyotidagi ijtimoiy - iqtisodiy bosqichlar o'ziga xos davlat shakllarini maydonga chiqaradi. Shu sababli davlat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 117.56 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 117.56 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga