Davlat tuzilishi va mamuriy hududiy bo'linish

Davlat tuzilishi va mamuriy hududiy bo'linish

O'quvchilarga / Huquq
Davlat tuzilishi va mamuriy hududiy bo'linish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi RYeJA: 1. Vazirlar Mahkamasi - O'zbekiston Respublikasining hukumati 2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy funksiyalari 3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmalari 1. Vazirlar Mahkamasi - O'zbekiston Respublikasining hukumati Hukumat bu - davlat boshqaruvining oliy organi bo'lib, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Hukumat shu bilan birga, jamoat tartibi va milliy havfsizlikni ta'minlaydi, shuningdek davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy rahbarlik qiladi. Turli mamlakatlarda hukumat turli nomlar bilan atalishi mumkin. Masalan Vazirlar Kengashi, Kabinet, Ministrlar Kabineti, Davlat Kengashi, ma'muriy Kengash, Federal Hukumat, Hukumat va hokazo. O'zbekiston Respublikasida hukumat «Vazirlar Mahkamasi» deb nomlangan bo'lib, «O'zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi qonunga binoan, u O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taminlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir. Hukumat Prezident, Oliy Majlis va sudlar bilan bir qatorda hokimiyatni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'lish asosida davlat hokimiyatini amalga oshiradi. 2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy funksiyalari Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o'zi tashkil etadigan xo'jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, O'zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatini hisobga olish prinsipiga asoslanadi. Respublikada yashovchi barcha millatlar manfaatlarini hisobga olish uchun o'z faoliyatini oshkoralik, insonparvarlik va qonuniylik asosida olib boradi. Vazirlar Mahkamasi qonun bilan belgilab qo'yilgan o'z tarkibiga ega. Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir va o'rinbosarlari, O'zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo'mitalarining raislari, davlat va xo'jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar. Vazirlar Mahkamasining tarkibini tuzish borasida mamlakat Prezidentiga juda katta vakolatlar berilgan. Ushbu vakolatlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-, 93-, 98-moddalarida mustahkamlab qo'yilgan. 2003 yil 29- avgustda O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi yangi tahrirdagi qonuni qabul qilindi hamda ushbu qonunni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish yakunlariga binoan amalga kiritilishi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan belgilab qo'yildi. 2002 yil 27- yanvarda o'tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko'ra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVII, XIX, XX, XXII boblariga tuzatish va qo'shimchalar kiritilgan. Konstitutsiyaning 98-moddasi hamda yangi tahrirdagi qonunning 15-moddasiga ko'ra, Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarari ishlashi uchun shaxsan javobgar bo'ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O'zbekiston ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.89 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.89 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga