DAVLAT TUZILISHI VA MA'MURIY HUDUDIY BO'LINISH REJA: Kirish 1.О'zbekiston Respublikasining milliy-davlat tuzilishi va uning asoslari. 2.Ma'muriy-hududiy tuzulish tushunchasi va uning tuzilishi tamoyillari. 3.Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyaviy maqomi. Xulosa О'zbekiston Respublikasining milliy-davlat tuzilishi va uning asoslari. О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasiga muvofiq О'zbekiston suveren demokratik respublika bо'lib, mustaqil davlat hisoblanadi. I.A.Karimov iborasi bilan aytganda, avvalambor huquq demakdir.Chunki davlatimizning hozirgi ma'muriy-hududiy chegarasida birinchi boy О'zbekiston xalqi о'z moddiy va ma'naviy boyliklaridan о'z hohishicha, ya'ni о'zining Konstitutsiyasi va u asosida qabul qilingan qonun hujjatlariga muvofiq ravishda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish imkoniyati huquqi yuzaga keldi. Endilikda, biz va bizning xalqimiz hom ashyo yetkazib beradigan chekka о'lkada emas, balki mustaqil ravishda о'z huquqimizni amalda tatbiq qila oladigan milliy davlatda yashayotganimizni alohida ta'kidlash joizdir. О'zbekistonda milliy davlat avvalambor dahlsiz yer kengliklariga ega bо'lishimiz, sо'ngra, davlat tili sifatida о'zbek tilini qabul qilishimiz, Prezidentlik institutini ta'sis etishimiz, ma'muriy-hududiy qismlarni о'z tariximizga suyangan holda viloyat va tuman deb atashimiz hamda ularda hokimlik lavozimini о'rnatishimiz, xalqaro hamjamiyat tomonidan suveren davlat sifatida tan olinishimiz va albatta, о'z Konstitutsiyamizga ega bо'lishimizdadir. О'zbekiston milliy davlatining shakllanishi ohir-oqibatda ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, istiqlol va taraqqiyot yо'lidagi о'zbek modelini ishlab chiqishga imkon berdi. Ushbu model mustaqil respublikamizning uzoq davrga mо'ljallangan ichki va tashqi rivojlanish strategiyasini yaratishga asos bо'ldi. Bu yо'l О'zbekistonning о'ziga hosligiga va manfaatlariga, uning tabiiy va ijtimoiy sharoitlariga, о'zbek xalqining azaliy an'analariga, demografik va etnografik holatiga mos tushadi. Mazkur milliy davlat tuzilishi va uning rivojlanish asoslari Prezidentimiz asarlarida chuqur yoritib berilgan va О'zbekistonning о'z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy yо'lining besh asosiy tamoyillarida aks ettirilgandir. Har bir mustaqil davlatning muhim belgilaridan biri о'z chegarasi doirasidagi yagona ma'muriy hududiga ega bо'lishidir. О'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari tо'g'risidagi Qonunning 4 va 17-moddalariga binoan Respublikamiz davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bо'linmasdir. Uning xalqi о'z hohish-irodasini erkin bildirmasdan turib, davlat chegarasi va hududining о'zgartirilishi mumkin emas. О'zbekiston tarkibida bо'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasining hududiy butunligi va mustaqilligi e'tirof etiladi. Ushbu huquqiy holat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga va Mustaqil Davlatlar Hamdо'stligining 1991 yil 21 dekabrdagi Olmaotada imzolangan xalqaro shartnomasiga tо'la ravishda mos tushadi. Konstitutsiyaviy huquq nuqtai nazardan qaraganda kelajakda ma'muriy-hududiy tuzilmalarda yuqorida sanab о'tilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qonun kuchiga ega bо'lgan huquqiy-me'yoriy hujjatlarni qabul qilish va albatta, ularni amalga oshirishning ta'sirchan mehanizmini yaratish talab qilinadi. Binobarin, ma'muriy-hududiy tuzilmalarda Konstitutsiyaviy tamoyillarga asoslangan huquqiy boshqaruv funkciyalarini tatbiq qilish uchun ular yetarli moliyaviy resurslarga ega bо'lishlari kerak. Ma'muriy-hududiy tuzulish tushunchasi va uning tuzilish tamoyillari. О'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi hokimiyat va boshqaruv organlarining huquqiy holatiga, ularning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
50.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:01
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
50.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:01 ]
Arxiv ichida: ppt