Davlat va din. O'zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati Reja: e'tiqod tushunchasi. Din e'tiqodining o'ziga xos ko'rinishi sifatida. Hozirgi davrda davlat va din munosabatlari. O'zbekistonda Vijdon erkinligining Konstitutsion asoslari. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi Qonunning yangi tahriri. Diniy qadriyatlar tiklanishining jamiyat ma'naviy hayoti rivojidagi o'rni va ahamiyati. e'tiqod tushunchasi. Din e'tiqodning bir ko'rinishi sifatida e'tiqod (arabcha itaqada felidan) ishonch, imon manolarini anglatadi. Keng manoda e'tiqod inson faoliyati uchun ma'naviy asos, yo'l-yo'riq va mo'ljal bo'lib xizmat qiluvchi, aqli his va iroda vositasida anglangan bilim, g'oya hamda shu asosda shakllanadigan maqsadlar majmuini, shuningdek ularning to'g'riligiga ishonch bilan bog'liq bo'lgan psixologik holatni ifodalaydi. Bilim va g'oyalar insonning ham aqli, ham qalbi bilan o'zlashtirilib olingandagina e'tiqodga aylanadi. Umuman olganda, e'tiqod, shaxs, guruh va ommani jipslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy hayotning faol azosiga aylantiruvchi kuch hisoblanadi. e'tiqod insonning faoliyati bilan chambarchams bog'liq bo'ladi. Shu boisdan e'tiqodli inson faqat amaliy faoliyat jarayonida o'zligini nomoyon qiladi. Dunyoda kuchli e'tiqodga ega bo'lgan kishilar bilan bir qatorda e'tiqodi zaif kishilar ham uchraydi. Qatiyatsizlik, juratsizlik va befarqlik e'tiqodsizlikning asosiy belgilari hisoblanadi. Bunday kishilar ko'pincha boshqalarga ergashib yoki taqlid qilib yashaydilar. Sharoitga qarab goh u, goh bu tomonga og'ib ketadilar. Bunday e'tiqodiy zaiflik, bo'shliq shaxs kamolotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Agar e'tiqod mutaassib, irqiy, millatchilik, tor siyosiy va iqtisodiy manfaatlar bilan cheklangan bo'lsa, bunday holda u buzg'unchilik, beqarorlikka xizmat qiladi, rivojlanishga to'sqinlik qiladi. Hozirgi davrda har bir kishining, ayniqsa, yoshlarning taraqqiyot va hur fikrlilikka etaklovchi ishonch va e'tiqod bilan buzg'unchi, aldamchi, adashtiruvchi va yolg'on e'tiqodni farqlashi o'ta muhimdir. e'tiqodning mazmunini ilm tashkil qiladi. Chunki kishi nimaga e'tiqod qilayotganligini, yani nimaga isxonayotganligini, nimaga intilayotganligini, nimaga o'z xulq-atvori va ijodini moslashtirayotganligini bilishi lozim. Bu ilm diniy yoki dunyoviy yoxud ularning qorishuvi bo'ladimi, undan qatiy nazar, e'tiqodning keng manodagi hayotiy mazmunini tashkil etadi. Ilmsiz e'tiqod yo'q, bo'lishi mumkin ham emas. e'tiqodning ilg'orligi yoki qoloqligi, insonparvarligi yoki xudbinligi va boshqa ko'plab xususiyatlari uning mazmunini tashkil etuvchi ilmga bog'liq. Ammo har qanday ilm, ayniqsa, kundalik bilimlar e'tiqod bo'la olmaydi. Shuningdek, amaliyotda tasdig'ini topmagan, faraz sifatida olg'a surilgan ilmiy tushuncha va nazariyalar ham e'tiqodga aylana olmaydi. Ikkilanish va shubha bilan qaralgan ilm e'tiqod emas. Ilgari inson qattiq ishongan tushunchalar, g'oyalarga nisbatan jamiyat va ilm-fan taraqqiyoti natijasida shubha tug'ilsa, ular e'tiqod maqomini yo'qotadi. e'tiqodda ishonch katta rol o'ynaydi. Ishonch-e'tiqod mazmunini tashkil etuvchi tushunchalar, me'yorlar, g'oyalar ta'limotga-ilm (bilim) ga nisbatan kuchli emotsional (hissiy) ijobiy munosabatdir. Ishonch oilaning tarbiyasi va amaliyoti natijasida, davlatning ta'lim muassasalari, tashviqot va axborot vositalari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.98 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.98 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:01 ]
Arxiv ichida: doc