Davlat va huquq nazariyasi - umumnazariy fan sifatida Reja: 1. Davlat va huquq nazariyasining o'ziga xos xususiyatlari 2. Hozirgi zamon hamda davlat va huquq nazariyasi fani 3. Davlat va huquq nazariyasi fani predmetini o'rganish metodlari 4. Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy fanlar tizimidagi o'rni va roli 5. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida 6. Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari 7. Davlat va huquq nazariyasining o'quv fani sifatidagi tuzilishi 8. Insonparvarlik va umummadaniy qarashlar davlat va huquq nazariyasi asoslari sifatida 9. O'zbekiston fuqarolik jamiyati huquqini yaratish yo'lida Davlat va huquq nazariyasining o'ziga xos xususiyatlari Bugun ro'y berayotgan o'zgarishlar bizni ko'pchilik tushunchalar, atamalarni qaytadan idrok etish va hatto qadriyatlarni qayta baholash bilan shug'ullanishga undaydi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Zero, davlat va huquq nazariyasi sobiq Ittifoq sharoitida ma'muriy-buyruqbozlik tizimining g'oyaviy asosi va oqlovchisi vazifasini bajarganligi sababli u albatta, qayta idrok etilishga muhtoj. Bundan tashqari, bugungi jamiyatimiz taraqqiyotiga xos yangiliklar, davlat va huquq tushunchasi, ularning mohiyati, tasnifi, vazifalarini yangacha talqinda tubdan qayta ko'rib chiqishni zamon taqozo etmokda. Bu - tabiiy hol. Davlat va huquq nazariyasi faniga bolsheviklarcha yondashuv, kommunistik mafkura talablari asosida munosabatda bo'lish shunisi bilan farq qilardiki, bilimning bu sohasida insoniyat to'plagan boyliklarning ko'p qismi hamda Respublikamizda, xorijiy mamlakatlarda saqlanib, yig'ilib kelgan davlat-huquq tafakkuri durdonalari marksizm-leninizm qoidalariga mos kelmagan taqdirda, etibordan batamom chetda qolib ketardi. Shuni takidlash joizki, huquq sohasida, ayniqsa uning «yuridik texnologiyasi» haqida gap ketganda, uning ko'pgina nazariy qoidalarini bugun ham malum jihatdan qo'llanish mumkin bo'lsada, ammo davlatshunoslik fani sohasida ahvol anchagina achinarlidir. Prezidentimiz Islom Karimov haqqoniy ta'riflab berganidek, O'zbekiston (sobiq Ittifoqning boshqa Respublikalari qatori) amalda o'z davlatchiligiga ega bo'lmasada, hamma yerda «kapitalizmning mashaqqatli bosqichini chetlab, sotsializmga o'tganimiz» haqida jar solingan bir sharoitda boshqacha bo'lmasdi ham. Amalda esa, jamiyatimiz uning dahshatli bir ko'rinishidan iborat edi Boz ustiga nokapitalistik taraqqiyot yo'liga o'tgan mamlakatlarni taklif etib, bizning tajribamiz asosida ularni ham kapitalizmdan «sakrab» o'tishga o'rgatmoqchi bo'lishardi. Haloqatga eltuvchi, oldingisidan kelib chiqadigan yoki qech bo'lmaganda, u bilan bog'liq yana bir illat shundan iborat ediki, markscha-lenincha davlat va huquq nazariyasi iisonni huquqdan ajratib qo'ygan, shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlariga to'liq bo'ysundirgan, inson, fuqaro va shaxsning o'zini esa, mutlaqo etibordan chetda qoldirgandi. Hozirgi vaqtda davlat va huquq nazariyasining evolyutsiyasi - uning markscha-lenincha mazmun va shaklidan voz kechish jarayoni kechmokda. Ayniqsa, so'z davlat haqida borganida bu holat yaqqol ko'zga tashlanadi. Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasidayoq Prezidentimiz davlat va huquq nazariyasi hamda amaliyotini yangacha tushunish zaruratini asoslabgana qolmay, balki uning mohiyatini ham ta'riflab berdi: «Biz yaqin ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.6 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.6 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:01 ]
Arxiv ichida: doc