Davlat va huquq nazariyasi - umumnazariy fan RYeJA Davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti Davlat va huquq nazariyasi fanining o'ziga xos xususiyatlari Davlat va huquq nazariyasining boshqa fanlar bilan aloqasi Davlat va huquq nazariyasi fanining metodlari Davlat va huquq nazariyasi fanining funksiyalari Davlat va huquq nazariyasi fanining tuzilishi Davlat va huquq nazariyasining predmeti: Davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, harakatda bo'lishi (faoliyat ko'rsatishi) va istiqboli to'g'risidagi eng umumiy qonuniyatlarni o'rganadi. Davlat va huquq nazariyasi fani davlat va huquq haqidagi qarashlar, g'oyalar, fikrlar va bilimlar tizimi bo'lib, barcha davlat-huquq hodisalariga tegishli bo'lgan umumiy qonuniyatlarni o'rganadi, davlat va huquqni yaxlit institut sifatida ko'rib chiqadi. Uning predmetiga faqat amaldagi davlat, huquq munosabatlari, jarayonlari, hodisalarning eng umumiy belgilarigina emas, balki bular haqidagi tasavvurlar ham kiradi. Davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti davlat va huquq nazariyasi-ijtimoiy fan (uning o'rganadigan sohasi muhim ijtimoiy hodisalar bo'lmish davlat va huquqdir); davlat va huquq nazariyasi - nazariy fan (u davlat va huquq taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini ochib beradi); davlat va huquq nazariyasi - falsafiy xususiyatga ega bo'lgan fan; davlat va huquq nazariyasi - metodologik fan (huquqshunoslik fanining barcha sohalarini umumiy huquqiy metodologiya bilan qurollantiradi); davlat va huquq nazariyasi - amaliyotga yo'naltirilgan fan; davlat va huquq nazariyasi - o'quv - tarbiyaviy ahamiyatga molik fan. Davlat va huquq nazariyasi fanining o'ziga xos xususiyatlari: Davlat va huquq nazariyasining boshqa fanlar bilan aloqasi Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy fanlar bilan bog'liqligi: - Iqtisodiy fanlar bilan bog'liqligi - Falsafa fani bilan bog'liqligi - Sotsiologiya fani bilan bog'liqligi - Siyosatshunoslik fani bilan bog'liqligi Iqtisodiy fanlar bilan bog'liqligi Iqtisodiy fanlar jamiyatning bazisini, yani ishlab chiqarish munosabatlarini, xo'jalik sohalarini tashkil etishni, moliya, kredit va boshqalarni o'rgansa, davlat va huquq nazariyasi fani jamiyatda ustqurmaning muhim qismi bo'lgan davlat va huquq hodisalariga o'zining asosiy predmeti sifatida qaraydi. Bu fanlar bir-biri bilan o'zaro bog'liqdir. Ularning o'zaro ta'siri va aloqasi davlat va huquqning iqtisodiyotga qanchalik bog'liq ekanligini o'rganishga va aniqlashga yordam beradi. Falsafa fani bilan bog'liqligi Falsafa tabiat va jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganadi. U jamiyat, inson, davlat va huquq masalalariga ijtimoiy hodisa sifatida qarab ularni umumiy tarzda ko'rib chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi esa falsafa qonuniyatlariga asosan jamiyatda davlat va huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganadi. Bu fanlar bir -birini takrorlamaydi, balki to'ldiradi. Falsafa davlat va huquq hodisalarini bilishning asosidir. Davlat va huquq nazariyasi esa falsafani ma'lumotlar (manbalar) bilan qurollantiradi. Sotsiologiya fani bilan bog'liqligi Sotsiologiya fani jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etadi, jamiyat a'zolarining huquqqa munosabatini, ularning davlat va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
171.97 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:01
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
171.97 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:01 ]
Arxiv ichida: ppt