Davlat va huquq nazariyasi FANIning MAQSADI, VAZIFALARI va o'ziga xos xususiyatlari Fanning predmeti va uning o'ziga xos xususiyatlari Xar bir fanning aniqlash uchun bu fanning umumiy fanlar tizimida tutgan o'rni, roli va ahamiyati,o'rganiladigan obyektini bilish zara bo'ladi. Boshqa fanlar qatori «Davlat va huquq nazariyasi» insonlarning faoliyat doirasini ifodalab beruvchi fan sifatida o'z oldiga shunday vazifani qo'yadi, yani: birinchi navbatda, davlat va huquq tug'risidagi hodisalarni, bu hodisalarning jamiyatdagi o'rni haqidagi fikrlarning obyektivligi borasidagi bilimlarni ishlab chiqish va uni nazariy jihatdan malum bir tizimga solishni kuzlaydi. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYaSI FANINING PRYeDMYeTI HAMDA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYaSI PRYeDMYeTI davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, harakatda bo'lishi (faoliyat ko'rsatishi) va istiqboli to'g'risidagi eng umumiy qonuniyatlarni o'rganadi. davlat nazariyasi (davlatshunoslik) huquq nazariyasi (huquqshunoslik) Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning rivojlanish qonuniyatlarini barchasini urganmaydi, balki u faqat umumiy va asosiylarini o'rganadi. Jumladan,bularga kuydagilar kiradi: Davlat va huquqning paydo bo'lishi (vujudga kelishi), ularning tarixiy o'rin almashuvi qonuniyatlarini; Davlat va huquqning rivojlanishi mohiyati va mazmunini; Davlatning mexanizimi uning ichki va tashqi funksiyalarni; Davlat va huquqning belgilarini; Davlat organlarni qurilish tizimi qonuniyatlarini; Demokratiya, qonuniylik, huquqiy tartibotning umumiy prinsiplarini; Huquqni vazifasi,funksiyasini hamda huquqiy tartibga solishning chegaralarini o'rganadi. FANNING O'ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI: Davlat va huquq nazariyasi fanining asosiy vazifalari, funksiyalari Oliy yuridik ma'lumot berish konsepsiyasi davlatning huquqiy hayotida ijodiy faol qatnasha oladigan, yuqori kvalifikatsiya va keng (chuqur) bilimga ega bo'lgan mutaxasislarni tayorlashga qaratilgan. Bu yerda tor doiradagi bilim o'rinli bulmaydi, bu nafaqkat yuristning intellektual qobiliyatini susaytiribgina qolmasdan, balki uning mutaxassislik (professianal) faoliyati xarakteriga tug'ri kelmaydi. Tushunarli, sudya, prokuror, tergovchi, advokatlarga turli xil yuridik ishlarni bajarishlari konkret qonunlarni, ularning bajarilish tartiblarini va xakozolarni yaxshi bilishlari kerak. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYaSI YuRIDIK FANLAR TIZIMIDA Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi maxsus va amaliy yuridik fanlarning aniq materiallariga tayanadi, ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi. Umumiy va fundamental fan sifatida huquqshunoslikning asosiy tushuncha va qoidalarini ishlab chiqadi. Davlat va huquq nazariyasining o'ziga xos xususiyatlari Bugun ro'y berayotgan o'zgarishlar bizni ko'pchilik tushunchalar, atamalarni qaytadan idrok etish va hatto qadriyatlarni qayta baholash bilan shug'ullanishga undaydi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Zero, davlat va huquq nazariyasi sobiq Ittifoq sharoitida ma'muriy-buyruqbozlik tizimining g'oyaviy asosi va oqlovchisi vazifasini bajarganligi sababli u albatta, qayta idrok etilishga muhtoj. Bundan tashqari, bugungi jamiyatimiz taraqqiyotiga xos yangiliklar, davlat va huquq tushunchasi, ularning mohiyati, tasnifi, vazifalarini yangacha talqinda tubdan qayta ko'rib chiqishni zamon taqozo etmokda. Bu - ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
994.48 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:01
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
994.48 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:01 ]
Arxiv ichida: pptx