Davlat va huquq nazariyasi tushunchasi va predmeti

Davlat va huquq nazariyasi tushunchasi va predmeti

O'quvchilarga / Huquq
Davlat va huquq nazariyasi tushunchasi va predmeti - rasmi

Material tavsifi

Davlat va huquq nazariyasi tushunchasi va predmeti Reja: 1. Davlat va huquq nazariyasining paydo bo'lishi va rivojlanishi. 2. Davlat va huquq nazariyasi uslubiyati. Davlat tushunchasi, huquq tushunchasi, umumiy qonuniyatlar, davlat va huquqning mohiyati, davlat nazariyasi, huquq nazariyasi, davlat va huquq nazariyasining yaxlitligi. Davlat va huquq nazariyasi tushunchasi davlat va huquq nazariyasi to'g'risidagi umumlashtirilgan nazariy-uslubiy bilimlar tizimini ifodalaydi. U insoniyat jamiyati turmushining murakkab jihatlaridan birini o'rganadi hamda davlat va huquq nima, uning tabiati nimalardan iboratligini tushuntiribgina kolmasdan, davlat va huquqning iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, axloq va boshqalar bilan aloqasini xam kursatib beradi. Davlat va huquq nazariyasi har xil davlat va huquqiy tizimlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini ochib beradi, boshqa huquqiy fanlar uchun nazariy negiz hisoblanadi, davlat-huquq siyosatining shakllanishi va rivojlanishiga keng taxsir kursatadi, huquqiy madaniyat va yuridik tafakkur asoslari negizini yaratadi. Davlat va huquq rivojlanishining asosiy va umumiy qonuniyatlari, ularning mohiyati va maqsadi, vazifasi, jamiyat hayotidagi ahamiyati va o'rni davlat va huquq nazariyasining predmeti hisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasi baxzi olimlar hisoblaganidek, bir biridan ajratib qo'yilgan fan sohalari emas, balki yaxlit fandir. Davlat va huquq ularning birligida o'zaro aloqadorligida urganiladi. Davlat huquq tamoyillarini huquqiy normada mustahkamlaydi va ularning ruyobga chiqishini taxminlaydi, huquq esa davlat va uning tuzilmasi organlarining faoliyatini tartibga soladi. Davlat va huquq nazariyasi yagona, yaxlit fan bo'lgani holda ikkita ichki bulinmaga: davlat nazariyasi va huquq nazariyasi bulinmaga: davlat nazariyasi va huquq nazariyasi bulinmalariga egadir; ular o'z navbatida huquq falsafasi, huquq sotsiologiyasi, huquqning ijtimoiy-yuridik nazariyasi kabi umumiy muammolarni hosil qiluvchi nisbatan mustaqil guruhlarga bulinadi. Bu umumiy yo'nalishlar o'z navbatida yanada xususiyrok bulinmalaraga (huquqiy, kibernetika, huquqiy psixologiya, yuridik texnika nazariyasi va boshqalarga) bulinadi. Davlat va huquq nazariyasining paydo bo'lishi va rivojlanishi. Davlat va huquq muammosi, davlatchilik, mifologik tasavvurlar, «Avesto», konfutsizm, adolatli tuzum g'oyasi, qadimgi Gretsiya va Rim, yurisprudensiya fani, Markaziy Osiyoda siyosiy-huquqiy tafakkur, XIX asrdagi siyosiy-huquqiy g'oyalar, jadidchilik. Davlat va huquq muammosi insoniyatni ming yillardan beri, davlatchilik paydo bo'lgan paytdan boshlab uylatib keladi Bu qadimgi misrliklar, xindilar, xitoylar, vavilonliklar, forslar, yaxudiylar, greklar, rimliklar va boshqa xalqlarning mifologik manbalarida o'z aksini topgan. Bu mif va afsonalarda yerdagi barcha tartiblar, ijtimoiy va davlat qurilishi, kishilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, ularning huquq va majburiyatlari iloxiy kelib chiqishga ega bo'lgan umumjahon koinot tartiblarining ajralmas kismi sifatida karalgan. Davlatga qarashda mifologik tasavvurlardan oqilona dunyoqarash tomon burilish Zarattustri (qadimgi Eron, bizning eramizgacha bo'lgan VII-VI asrlar) va Konfutsiy (qadimgi Xitoy, eramizgacha VI-V asrlar) nomlari bilan bog'liqdir. Konfutsiy, masalan, davlatni katta oila sifatida talqin qiladi. Bunda imperator hokimiyati otaning hokimiyatiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.45 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.45 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga