Davlat va huquq tarixi fanining predmeti metodi va vazifalari Reja: Davlat va huquq tarixi fanining predmeti, metodlari va vazifalari Davlat va huquq tarixi fanining ijtimoiy va yuridik fanlar bilan aloqadorligi Davlat va huquq tarixi fanining predmeti, metodlari va vazifalari Davlat va huquq tarixi fani tarixiy-yuridik fan hisoblanadi. U alohida fan sifatida XVII asr oxiri XIX asr boshlarida shakllangan. Ilk davrlarda asosan Butundunyo huquqi tarixi, Butundunyo davlati va huquqi tarixi deb yuritilgan. Ushbu o'quv kursi doirasida dastlab Rim huquqining tarixi o'rganilgan. Uning alohida fan sifatida rivojlanishida G'arbiy Yevropadavlatlaridan Germaniya, Fransiya, Angliya va Rossiya olimlarining hissasi katta. Davlat va huquq tarixi fanini bilish, xorijiy mamlakatlar va O'zbekiston hududida o'tmishda mavjud bo'lib, davlatchilik va huquqiy taraqqiyotda chuqur iz qoldirgan davlat va huquq institutlarini o'rganish, shuningdek, o'zbek davlatchiligi asoslari, rivojlanish jarayonlari va yutuqlarining mohiyatini chuqur anglab yetish hozirgi kunda oldimizga qo'yilayotgan murakkab vazifalarni hal qilishda qo'l keladi. Fanni o'qitishdan maqsad - O'zbekiston va jahonning boshqa qator mamlakatlari davlat va huquqiy taraqqiyotining o'ziga xos jihatlari, mohiyati, rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarni uzviy shakllantirishdan iborat. Fanning bosh vazifasi - davlat va huquq rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, o'zbek milliy davlatchiligining alohida siyosiy va huquqiy tizimlariga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Umuman olganda, davlat va huquq tarixi fanining vazifalari davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog'liq eng muhim ma'lumotlarni tahlil etish, tarixiy jarayonning asosiy qonuniyatlarini chuqur anglab yetish, tarixiy tajribalarni ijodiy yondashuv asosida idrok etishga qaratilgan. Davlat va huquq tarixi fani tarix fanidan farq qilgan holda jamiyatni to'la va butunligicha o'rganmaydi, balki davlat va yuridik muassasalar murakkab tizimining tarixiy rivojlanish jarayonini hamda huquq, uning alohida sohalari va institutlarining kelib chiqishi, rivojlanish jarayonini hamda mazmunini o'rganadi. Davlat va huquq tarixi fanining predmeti - muayyan tarixiy sharoitda davlat va huquqiy institutlarning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayoni hamda uning tarixiy-nazariy qonuniyatlaridan iborat. O'zbekiston hududida mavjud bo'lgan davlat tuzilmalari va huquq tizimlarini o'rganish, ota-bobolarimizning ilg'or va dono fikrlari, tajribalari hozirgi davr davlatchiligi haqidagi qarashlarni boyitishga xizmat qiladi. O'zbekiston davlati hozirgi hududiy va davlat ko'rinishi olguncha bir necha ming yillik taraqqiyot davrini bosib o'tdi. Shu davr oralig'ida markazi O'zbekiston hududida joylashgan, chegaralari Yevropa, Hindiston, Xitoyga borib taqaladigan buyuk imperiyalar (Parfiya, Xorazmshohlar davlati, Temur saltanati) vujudga keldi. Shu bilan birga, ushbu hudud qayta-qayta boshqa kuchli imperiyalar uchun tobe mamlakat ham bo'lib keldi. Lekin shunisi aniqki, O'zbekistonda davlatchilik ming yillar davomida shakllanib kelgan. Hozirgi mustaqil O'zbekiston davlati tarixan mustahkam davlatchilik poydevorlari ustida qurilgan. Har qanday fanning asosiy vazifasi o'rganilayotgan narsa va hodisalarning taraqqiyot qonunlarini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.56 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.56 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:02 ]
Arxiv ichida: doc