Davlat va huquqning kelib chiqishi

Davlat va huquqning kelib chiqishi

O'quvchilarga / Huquq
Davlat va huquqning kelib chiqishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Jamiyat tushunchasi. Ibtidoiy jamiyatdan - fuqarolik jamiyatiga qadar. 2. Davlat kelib chiqishining asosiy xususiyatlari. Ilk davlatlarning shakllanishi. Davlatning paydo bо'lishiga oid nazariyalar. 3. Huquqning kelib chiqishi va uning asosiy sabablari. Huquqning kelib chiqishiga oid nazariyalar «Jamiyat» tushunchasi. Kishilik jamiyati. Ibtidoiy jamiyat. Quldorlik jamiyati. Fuqarolik jamiyati Jamiyat inson xayvonot dunyosidan ajralgandan sо'ng paydo bо'lgan. Inson jamiyatning birlamchi bugani va asosidir. Jamiyat - ongli insonlar о'zaro aloqalarining muayyan tizimi. Inson doimo jamiyat bilan aloqada. Inson jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi. U faqat jamiyatdagina rivojlanadi, о'z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyon etadi, shaxs sifatida shakllanadi. О'z navbatida, shaxs ham jamiyat taraqqyotiga hissa qо'shadi. Insonsiz jamiyatni tasavvur etish mumkin emas. Jamiyat - muayyan tabiiy ehtiyoj va manfaatlariga kо'ra birlashgan kishilarning ma'lum tarzda tashkil etilgan tizimidir. Kishilar, ularning tashkilotlari, jamoalari turli iqtisodiy, ma'naviy, ahloqiy, diniy va boshqa munosabatlar orqali jamiyatga birlashadi. Jamiyat - kishilarning murakkab ijtimoiy birlashmasidir. Jamiyatda biologik qonunlar emas, balki sotsial qonunlar amal qiladi. Jamiyat birlashishga moyil bо'lgan birliklar, ya'ni guruhlar, sinflar, qatlamlardan iborat. «Jamiyat» - yer kurrasidagi barcha kishilarni birlashtiruvchi eng keng tushunchadir. «Kishilik jamiyati» tushunchasi shundan kelib chiqqan. «Jamiyat» tushunchasi о'z ichiga «fuqarolik jamiyati» va «davlat» tushunchalarini oladi. Jamiyat - muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimidir. Shuning uchun jamiyatga aniq tarixiy nuqtai nazardan yondashmoq kerak. Kishilik jamiyati о'z taraqqiyotida turli bosqichlarni bosib о'tgan. Misol uchun insoniyatning qadimiy, о'rta asrlar, yangi va eng yangi davr tarixini kо'rsatish mumkin. Jamiyat ijtimoiy hayotdagi iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy sohalarning xususiyatlarini о'zida namoyon etadi. «Jamiyat» tushunchasi ijtimoiy muloqot subyektlarini, ya'ni shaxs, oila, millat va boshqalarni aniqlashga imkon beradi. Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida jamiyat turli shakllarni oladi. Uning ichki tuzilishi, ya'ni iqtisodiy va ijtimoiy strukturasi ham har xil bо'ladi. Kishilik taraqqiyoti davomida jamiyat tuzilishi murakkablashib boradi. Ammo ayrim hollarda, odatda iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy manfaatlar asosida jamiyat «ajrashish kayfiyatlariga» mubtalo bо'ladi. Davlat jamiyatning eng muhim tarkibiy elementidir. U jamiyatda asosan siyosiy funksiyalarni bajaradi. Jamiyat bilan davlat aynan bir narsa emas. «Jamiyat» tushunchasi «davlat» tushunchasidan keng. Fuqarolik jamiyati - davlatning fuqarolaridan, ya'ni о'zaro о'zviyaloqadorlikda bо'lgan hamda ahloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega kishilardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning a'zolari bо'lmish fuqarolarning о'zlari orqali ongli ravishda saqlab turiladigan va qat'iy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat о'zini о'zi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli ta'siri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida bо'ladi, chunki davlat - fuqarolik jamiyatining «yollanma xizmatkori»dir. Zero, davlat fukarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqdar hisobiga yashaydi. Fuqarolik jamiyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 603.08 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 603.08 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga