Davlat va huquqning mohiyati, belgilari, funksiyalari, shakllari va turlari

Davlat va huquqning mohiyati, belgilari, funksiyalari, shakllari va turlari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat va huquqning mohiyati, belgilari, funksiyalari, shakllari va turlari - rasmi

Material tavsifi

Davlat va huquqning mohiyati, belgilari, funksiyalari, shakllari va turlari. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Reja: Davlat va huquq tushunchalari, belgilari va funksiyalari. Davlatning shaklari va huquqning turlari. O'zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi. TYeOLOGIK nazariya vakillari davlatning xudo tomonidan yaratilganligini uqtiradilar, butun hokimiyat xudoniki degan qoidagi ilgari suradilar. Ushbu nazariya teokratik, yani davlat boshlig'i ayni paytda uning diniy rahnamosi bo'ladigan davlat qaror topgan davrdagi jarayonlarni aks ettiradi. PATRIARXAL nazariya tarafdorlari davlat kattalashib ketgan oiladan bevosita kelib chiqqan, monarx hokimiyati esa go'yo oilaning barcha a'zolariga rahbarlik qiladigan otadan meros bo'lib o'tgan deb hisoblaydilar. Bu nazariya Yunonistonda paydo bo'lgan va Arastu (Aristotel ) asarlarida asoslab berilgan ShARTNOMA nazariyasi XVII-XVII asrlarda yoyilgan. Gollandiyada ushbu nazariyani Grotsiy va Spinoza, Angliyada-Lokk va Gobbs, Fransiyada-Russo, Rossiyada A.N.Radishev rivojlantirgan. Ularning fikricha hokimyait xalqqa tegishli bo'lib, xalq uni monarxga topshirgan. Bu nazariyaga ko'ra ongli inson mahsuli bo'lib, odamlar kelishgan aql natijasi. ZO'RLIK nazariyasi (Gumplovich, Kautskiy)ga ko'ra davlatning kelib chiqishi asosida zo'rlik harakati, bir xalqning boshqa halqni bosib olishi yotadi. Davlat g'olibning hokimiyatini mustahkamlash uchun tuziladi. IRRIGATSIYA nazariyasiga ko'ra davlatning kelib chiqishi ularning ilk shakllari Sharqda ulkan irrigatsiya inshootlarini qurish va ulardan foydalanish bilan bog'liq. Ushbu nazariya nemis olimi Vittfagelning Sharq istibdodi asarida ifodalab berilgan. SINFIY nazariya namoyandalari (K.Marks, F.Engels, V.Lenin) fikricha davlat iqtisodiy sabablar-ijtimoiy mehnat taqsimoti, qo'shimcha mahsulot va xususiy mulkning paydo bo'lishi, jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralish tufayli kelib chiqqan. DAVLAT keng manoli tushunchadir.Davlatning mohiyatini tushunishda uch asosiy nazariy yondashuv mavjud ijtimoiy, sinfiy, siyosiy- huquqiy. Birinchi yondashuvga ko'ra, davlat-umumiy muammolar va ishlarni hal qilish vositasi, u xukmdorlar va xalqning o'zaro munosabatlarini tartibga soladi. Ikkinchi yondashuvning mazmuni shundaki, davlat sinflarning paydo bo'lishi bilan yuzaga kelgan va sinfiy kurash boshqasini bostirish quroli bo'lib xizmat qiladi. Uchinchi yondashuvning asosi quyidagicha: Davlat jamiyatning va davlatning hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir. Davlat-suverenitetga, boshqaruvning ommaviy hokimiyatning siyosiy hududiy tashkiloti. Davlat-butun mamlakat hududida hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo'lgan, qonunlar chiqaradigan, suverenitetga ega bo'lgan yagona siyosiy tashkilot. Davlat- yo'naltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institut. Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: O'ziga xos ommaviy hokimiyat - davlat hokimiyatining mavjudligi; Aholining hududlar bo'yicha uyushganligi; Suverenitet, yani ichki va tashqi siyosatni o'tkazishda mustaqil bo'lish; Huquq ijodkorligi; Aholidan soliqlarni to'plash; Umumiy funksiyalarni bajarish. Davlatning mohiyati haqida zamonaviy qarashlar: Ijtimoiy qarama-qarshilikni bartaraf etish; Umuminsoniy institutlarni ta'minlash; Tashqi faoliyat. Davlat va huquq uzviy bog'liq bo'lgan ijtimoiy hodisalardir: Davlat - huquqni shakllantiruvchi siyosiy mexanizm; Davlat -huquqni amal qilishini kafolatlaydi va uni buzilishdan saqlaydi; Muayyan davlatga huquqning muayyan turi mos keladi; Huquqning yuzaga kelishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.62 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.62 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga