Davlat va huquqning mohiyati Reja: Davlat va huquq tushunchalari. Davlatning belgilari va funksiyalari Davlat shakllari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O'zbekistonda fuqarolik hokimiyatining huquq asoslarining vujudga kelishi. Davlat hokimiyatining taqsimlanishi. Insoniyat tarixida ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi, ishlab chiqarish qurollari va vositalariga xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi, jamiyatning qarama-qarshi sinflarga bo'linib ketishi huquqning paydo bo'lishiga olib keladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida huquqqa zarurat bo'lmadi. Xususiy mulkning paydo bo'lishi va jamiyatning sinflarga bo'linishi bilan urf-odatlar o'z ijtimoiy xarakterini yo'qotadi, binobarin ularni ixtiyoriy ijro etish asoslari buziladi. Urug'larning boylardan iborat yuqori tabaqasi hokimiyatni o'z qo'lida saqlab olib,jamiyatni o'zining tor ruhiy manfaatlarini ifodalovchi yangi xulq-atvor qoidalarini zo'rlik bilan kiritishiga, ularni eski urf-odatlar bilan almashtirishga yoki ularning mazmunini o'zgartirib o'z maqsadlariga moslashtirishga intildi. Qullarning paydo bo'lishi ularning huquqsizligini mustahkamlovchi normalarning zarurligini keltirib chiqaradi. -Huquq atamasi bir tomondan ijtimoiy mazmunga (axloqiy huquq, malum bir ijtimoiy tashkilot azosining huquqi, millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi) ikkinchi tomondan yuridik mazmunga (pozitiv huquq yani qonun nuqtai-nazaridan xulq-atvor erkinligi sifatidadagi huquq) egadir. -Huquq ayni bir vaqtda umumijtimoiy tartibga solish vositasi, ijtimoiy hayotga uyushqoqlik, tartib intizomni ta'minlashning ta'sirchan omili sifatida ham ish ko'radi. Huquq mohiyatining bu jihati ayniqsa jamiyat rivojlanishining murosasizlikdan totuvlikka, bostirishdan fikrlar xilma- xilligiga, zo'rovonlikdan kelishishga o'tilayotgan hozirgi bosqichda namoyon bo'la boshlaydi. Huquq ham davlat singari tobora ko'proq umumiy masalalarni hal etish mexanizmiga aylana boshladi. Madaniyatga erishgan jamiyatda huquq bugungi kunda uch asosiy vazifani bajaradi: 1) tashkiliy (davlat tuzilmasini aniqlash, uning organlari vakolatini belgilash) 2) Nizo va ixtiloflarni muhofaza qiluvchi (jamiyatdagi nizolarni ko'rib chiqish qoidalari va ularni hal etish tartibini belgilash, jamiyatni huquqqa xilof harakatlardan himoya qilish) 3) Mafkuraviy (odamlarning ongi va xulq - atvoriga ta'sir ko'rsatish) Huquqiy norma malum bir sharoitlarda o'zini qanday tutishi haqidagi axborotdan iborat bo'lgan idoraviy tartibga soluvchi ko'rsatmadir. Huquq normalari taqiqlovchi, majbur qiluvchi va vakolat beruvchi normalarga bo'linadi. Barcha chiqarilayotgan qonunlar Konstitutsiyaga asoslangan holda chiqariladi. Huquqning 4ta shakli mavjuddir. A) odat shakli B) namuna sud shakli, V) normativ akt shakli, G) xalqaro shartnoma shakli. Huquqiy davlat g'oyalarining ildizi juda chuqur. Uning boshida xalq hokimiyati tashkil etilishining nazariy asoslarini ko'rgan Solon, Aristotel, Tsitseronlar turgan edi. Biroq huquqiy davlat to'g'risidagi kengroq ta'limot feodal tuzum zaminida, oyoqqa turayotgan burjuaziyaning feodal o'zboshimchalik, mutloq zo'ravonlikka asoslangan istibdodiga qarshi kurash sharoitlarida shakllandi. Huquqiy davlat nazariyasining falsafiy asosini I. Kant berdi. U davlat - bu huquqiy qonunlarga bo'ysundirilgan juda ko'p odamlarning birlashuvidir, - deb takidladi. (I. Kant. Asarlar. 4jild, 233bet.) Davlat va huquq nazariyasi tushunchasi davlat va huquq nazariyasi to'g'risidagi umumlashtirilgan nazariy --uslubiy bilimlar tizimini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.3 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.3 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:02 ]
Arxiv ichida: doc