Davlat va jamoat mulkini mansabdor shaxslar tomonidan talon-taroj qilish jinoyatlarini tergov qilish Reja: 1. Talon-taroj qilish jinoyatlarining kriminalistik tavsifi 2. Dastlabki materiallarni tahlil etish, jinoyat ishi qo'zg'atish va dastlabki tergov harakatlari 3. Davlat mulkini talon-taroj qilish jinoyatlarini tergashni rejalashtirish 4. Hujjatlarni ko'zdan kechirish 5. Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilarni so'roq qilish 6. Talon-taroj jinoyatini tergash bo'yicha ekspertizalar tayinlash Davlat va jamoat mulkini talon-taroj qilish jinoyatini tahlil qilishda ayblanuvchining xatti-harakatini to'g'ri baholash va bu harakatning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlash muhim o'rin tutadi. Jinoyatning tarkibini aniqlashda davlat va jamoat mulkini mansabdor shaxslar tomonidan talon-taroj qilinishiga kriminalistik tavsif berish kerak. Talon-taroj qilish jinoyatlarini kriminalistik tavsifiga quyidagi elementlar kiradi; 1) Jinoiy tajovuz predmeti; 2) Jinoyatni sodir etish usuli, holati va aniq vaziyati; 3) Jinoyatchining shaxsiy xususiyatlari; 4) Jinoyatning oqibati. Jinoiy tajovuzning predmetiga ko'ra, talon-tarojni quyidagi ikki guruhga bo'lish mumkin: a) pullarni talon-taroj qilish; b) moddiy qimmatliklarni talon-taroj qilish; Bu malum darajada shartli, chunki ko'p hollarda jinoyatchilar moddiy qimmatliklarni pulga aylantirishga harakat qiladilar. Oziq-ovqat, yengil sanoat tarmoqlari moddiy qimmatliklarni pulga aylantirish talon-taroj qilinganda ko'proq uchraydi. Masalan, go'sht kombinatida go'sht mahsulotlarini talon-taroj maqsadida qalbaki hujjatlar to'ldirilib, ular mol yetkazib beradigan tayyorlov tashkilotlariga yuboriladi. Tayyorlovchilar bu mahsulotlar sotib olinganligi to'g'risida qalbaki kvitansiyalar yozadilar va natijada naqd pul o'zlashtiriladi. Bazi hollarda rahbarning xizmat mavqei moddiy qimmatliklarni va pul vositalarini olishga keng imkoniyat beradi. Bunday shaxslarning talon-taroj qilish usuli boshqalarnikidan farq qiladi. Ombor mudiri, balki shofyorning sodir qilgan talon-taroj jinoyatlarida garchi jinoyat obyekti bitta bo'lsa ham uni sodir qilish usuli bir-biridan keskin farq qiladi. Davlat va jamoat mulkini talon-taroj qilish jinoyatlarini tergov qilish va ochishda jinoyatni yashirish usullarini aniqlab beradigan izlar yig'indisi qoladi. Jinoyatchi oldindan ko'ra bilmagan bu izlar jinoyatni ochishda muhim rol o'ynaydi. Davlat va jamoat mulkini talon-taroj qilish jinoyatining kriminalistik tavsifini ko'rsatuvchi izlarning paydo bo'lishida jinoyatni sodir qilish usuli asosiy rol o'ynaydi. Agar talon-taroj jinoyati mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa, uni sodir etish usuli ikki turga bo'linadi: 1. Oddiy talon-taroj, yani hech qanday niqobsiz mulkni qonunsiz egallab olish. 2. Niqoblab sodir etilgan jinoyat, bu jinoyat quyidagi usullar bilan sodir etiladi: a) hisob-kitob hujjatlarini, hisob-kitob reestridagi kirim-chiqim yozuvlarini qalbakilashtirish; b) savdo bazalarida va omborlarda hisobga olinmagan ortiqcha mahsulotlarni vujudga keltirish; v) ishlab chiqarish jarayonida hisobga olinmagan ortiqcha mahsulotlarni vujudga keltirish; g) g'arazli maqsadlarda pulni boshqa shaxslarga berish; d) pul vositalarini noqonuniy ravishda, aldov yo'li bilan olish. Mansabdor shaxslar tomonidan talon-taroj jinoyatlari o'zlashtirish, rastrata, mansab vakolatini suiistemol qilish, soxtakorlik, vakolat doirasidan chetga chiqish orqali ham sodir etiladi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.71 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.71 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:02 ]
Arxiv ichida: doc