Davlat va uning belgilari

Davlat va uning belgilari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat va uning belgilari - rasmi

Material tavsifi

« Davlat va uning belgilari Reja: 1. Davlatning mohiyatini tushunishda uch asosiy nazariy yondashuv. 2. Davlatning asosiy belgilari. 3. Davlatning asosiy funksiyalari. 4. Huquqiy davlat va uning belgilari. DAVLATNING MOHIYaTINI TUShUNIShDA UCh ASOSIY NAZARIY YoNDAShUV 1) Ijtimoiy yondashuv; 2) Sinfiy yondashuv; 3) Siyosiy-huquqiy yondashuv. DAVLAT Butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo'lgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo'lgan yagona siyosiy tashkilotdir. Jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi faoliyatini va o'zaro munosabatini tashkil etuvchi, yo'naltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir. DAVLATNING ASOSIY BYeLGILARI 1. Davlat hokimiyatining, yani hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining mavjudligi. 2. Aholining hududlar bo'yicha uyushganligi. ma'muriy-hududiy birliklarda yashash. 3. Suverenitet - ichki va tashqi siyosatda to'la mustaqil bo'lish. 4. Huquqiy ijodkorlik. Bu ijtimoiy tuzumning mohiyatidan kelib chiqadigan va davlat tomonidan mustahkamlangan, ijro etilishi umumiy majburiy bo'lgan normalar, xulq-atvor qoidalari. 5. Soliqlarning mavjudligi. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam ta'minlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni to'plash. 6. Umuminsoniy funksiyalarni bajarish. Hududni qo'riqlash, jinoyatshilikka qarshi kurash, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish. DAVLATNING ASOSIY FUNKSIYALARI: 1. Ichki funksiyalar - davlat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo'nalishlari: a) regulyativ (tartibga solish, boshqarish); b) qo'riqlash (saqlash, muhofaza qilish). 2) Tashqi funksiyalar - davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo'nalshilari; a) xalqaro hamkorlik - tashqi siyosiy faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat; b) Mudofaa va xavfsizlik. HUQUQIY DAVLAT VA UNING BYeLGILARI Huquqiy davlat - huquqning hukmronligi, qonunning ustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta'minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo'linish prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat. Huquqiy davlatning shakllanishi va amalga oshirilishi fuqarolarning huquq va erkinliklarini to'la ta'minlashi, davlat va fuqarolarning bir-biri oldida javobgarligi, qonunlar ustunligi tan olinishi, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar qonunlarga asosan ish ko'rishi bilan belgilanadi. Huquqiy davlat nazariyasining asoschisi, nemis faylasuf olimi I. Kantdir (1724-1804). U davlatning hokimiyatlar taqsimlanishi asosida boshqaruvining Respublika shaklini davlat bo'lishligini ko'rsatadi. U shunday deb yozadi: Respublikanizm -ijroiya hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratishning davlat prinsipidir. Despotizm - davlat qonunlarini o'zboshimchalik bilan ijro etish prinsipidir. HUQUQIY DAVLAT ASOSChISI Huquqiy davlatning asosiy belgilari: E'TIBORINGIZ UChUN RAHMAT! ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 281.61 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 281.61 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga