Davlat va xo'jalik boshqaruv organlari yuridik xizmati faoliyatining asosiy yo'nalishlari Reja: 1. Boshqaruv organlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlashda yuridik xizmatning roli 2. Yuridik xizmatning huquq ijodkorligi va huquqni qo'llash faoliyatida ishtiroki 3. Tarmoqda bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida yuridik xizmatning ishtiroki 4. Yuridik xizmatning shartnoma va talabnoma-davo ishlarini tashkil qilishdagi ishtiroki 5. Yuridik xizmatning mulkni saqlashni ta'minlashdagi hamda davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdagi ishtiroki Yuridik xizmatning Respublika va mahalliy davlat hamda xo'jalik boshqaruvi organlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlash borasidagi ishlari - uning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Yuridik xizmatning bu sohadagi faoliyati quyidagi funksiyalarni - tashkiliy, nazorat, huquqiy tarbiya, normativ-huquqiy hujjatlar va yuridik amaliyot bo'yicha ma'lumotnoma ishlarini olib borish bilan amalga oshiriladi. Yuridik xizmatning tashkiliy funksiyasi - qonuniylikni ta'minlash bo'yicha hamda huquqiy ishlar darajasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o'z ichiga oladi. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari yuridik xizmatining bu funksiyasi markaziy yoki ishchi apparatida, shuningdek, boshqaruv organi tizimida yoki tarkibida bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning qonunchilikni to'g'ri qo'llanilishini ta'minlashga qaratiladi va amalga oshiriladi. Masalan, birorta yo'nalish bo'yicha Prezident farmoni, qarori yoki Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinsa va shu normativ-huquqiy hujjat muayyan vazirlikka tegishli bo'lsa, shu vazirlikning yuridik xizmati uni ijro etish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarda ishtirok etadi. Misol uchun, 2006 yil 9 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-3709-sonli Farmoni hamda 2006 yil 11 yanvarda Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risidagi PQ-255-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur farmon va qarorda ko'tarilgan masalalar bevosita qishloq xo'jaligi sohasi bilan bog'liq bo'lganligi uchun ularni ijro etish yuzasidan 2006 yil 18 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirining 13-sonli buyrug'i bilan Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkatlari)ning bog' va uzumzorlarini sotish tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom vazirlikning yuridik xizmati tomonidan yoki uning ishtirokida ishlab chiqilgan. Yuridik xizmatning nazorat funksiyasi - u bajaradigan vazifalar hajmi va vakolat doirasi bo'yicha asosiy funksiya hisoblanadi. Yuridik xizmat to'g'risidagi qonunchilikning rivojlanishi uning qonuniylikni ta'minlashga qaratilgan faoliyatida mustaqilligini kuchaytirishga yo'naltirilayotganligini ko'rsatmoqda. Natijada yuridik xizmat xodimlari nafaqat Respublika va mahalliy davlat hamda xo'jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga yoki boshqa mansabdor shaxslarga huquqiy masalalarda maslahatlar beradi, balki qonunchilikka rioya qilish ustidan nazorat qilish funksiyasini ham keng ko'lamda amalga oshiradi. Yuridik xizmat Respublika va mahalliy davlat hamda xo'jalik boshqaruvi organlari faoliyatiga taalluqli bo'lgan barcha qonunlar va qonun osti hujjatlarini, shu jumladan o'zlarining lokal hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni olib boradi. Yuridik xizmatni nazorat funksiyasi - ichki idoraviy nazoratning tarkibiy qismi hisoblanib, u ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:02 ]
Arxiv ichida: doc