Davlat xizmatchilari Reja: 1 Davlat xizmati tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari. 2. Davlat xizmatining huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari. 3. Davlat xizmatchilari tushunchasi va tasnifi. 4. O'zbekiston Respublikasida davlat xizmatini o'tash tartibi. 1. Davlat xizmati tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari. O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligiga erishi bilan o'zining taraqqiyot yo'lini erkin belgilash imkoniyatiga ega bo'ldi. Yangi o'zbek davlatchiligining shakllanishi sharoitida davlat va mahalliy organlarni va undagi davlat xizmatini shakllantirish va huquqiy tartibga solish zaruriyati tug'iladi. Shu sababli davlatimizning taraqqiyoti, birinchi galda, davlat xizmatini to'g'ri tashkil etishga bog'liqdir. Davlat xizmati mohiyatini va uning asosiy xususiyatlarini aniqlashdan oldin, insonlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat turlari to'g'risida tushuncha hosil qilish lozim. Bo'larni, biz quyidagi shakllarga bo'lishimiz mumkin: tovarlar, moddiy boyliklar ishlab chiqarish, malum bir xizmatlar ko'rsatish; nomoddiy boyliklar yaratish (ma'naviy boyliklar): kitoblar, maqolalar yozish, kino va videofilmlar yaratish, stsenariyalar tayyorlash; ijtimoiy-madaniy faoliyat (ta'lim, sog'liqni saqlash va h.k.lar); davlat xizmati, yani davlat va jamiyatning barcha sohalarida faoliyat ko'rsatish: a) ijtimoiy-madaniy sohalarni (ta'lim, sog'liqni saqlash, fan, madaniyat, mehnat va aholini ijtimoiy muqofaza qilish) boshqarish; b) iqtisodiyot sohalarini (sanoat, qishloq va suv xo'jaligi, qurilish, transport, aloqa, xizmat ko'rsatish sohalari) boshqarish; v) ma'muriy-siyosiy sohalarni (mudofaa, davlat xavfsizligi, adliya, ichki ishlar, tashqi ishlar) boshqarish; nodavlat, jamoat, diniy, xalqaro, xorijiy tashkilotlarda xizmat ko'rsatish; jamiyatning turli sohalarida malum bir ehtiyojlarni qondirish maqsadida ijtimoiy faoliyat bilan shug'ullanish va boshqalar. Taniqli rus huquqshunos olimi Baxrax D.N.ning fikricha: «Insonlarning, shuningdek davlat va jamiyatning maqsadga muvofiq faoliyat yo'nalishlaridan biri - bu xizmatdir. Bu tushuncha turli manolarda: insonning faoliyat turi sifatida, ijtimoiy-huquqiy institut sifatida, davlat organlarining maxsus tizimi manosida ishlatilishi mumkin. Xizmat - boshqaruvdan, davlat faoliyatini amalga oshirishdan, boshqaruvni ta'minlashdan aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatishdan iborat.» Xizmatning (shu jumladan, ijtimoiy foydali faoliyatning) asosiy turi - bu davlat xizmati hisoblanadi. Ko'pgina darsliklarda davlat xizmati davlat organlari xodimlarining davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishga qaratilgan mehnat faoliyati sifatida ko'rsatib o'tiladi. Taniqli rus huquqshunosi Manoxin V.M.ning fikricha : «davlat xizmatining mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini, davlat xizmatining vazifa va funksiyalarini - davlat xizmati va davlat vazifalari, funksiyalari, davlat faoliyati shakllarining o'zaro nisbati orqali aniqlash mumkin.» Taniqli rus huquqshunos olimi Kozlov M.ning fikricha: «davlat xizmati deganda - davlat organlarida amalga oshiriladigan hamda ishchilarining mehnatidan mazmuni va shakli jihatidan farq qiladigan har qanday faoliyat tushuniladi». Xizmat - boshqaruvdan, davlat faoliyatini amalga oshirishdan, boshqaruvni ta'minlashdan aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatishdan iborat.» Xizmatning (shu jumladan, ijtimoiy foydali faoliyatning) asosiy turi - bu davlat xizmati hisoblanadi. Ko'pgina darsliklarda davlat xizmati davlat organlari xodimlarining davlat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
325.21 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:02
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
325.21 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:02 ]
Arxiv ichida: ppt