Davlatda qonunning ustuvorligi

Davlatda qonunning ustuvorligi

O'quvchilarga / Huquq
Davlatda qonunning ustuvorligi - rasmi

Material tavsifi

Davlatda qonunning ustuvorligi 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 6-mavzu O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - mamlakatning asosiy qonuni Konstitutsiya har bir davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. Uning normalari nafaqat davlat qurilishi, davlat hukumati va boshqaruvini tashkil qilish tamoyillarini, shu bilan birga ijtimoiy hayot normalarini ham tartibga soladi. Konstitutsiyada mustahkamlangan qoidalar yuridik asosni hosil qiladi, Unga tayangan holda huquqning boshqa barcha tarmoqlari - fuqarolik, moliyaviy, jinoiy, mehnat va boshqalarning normalari yaratiladi. Barcha me'yoriy-huquqiy hujjatlar (qonunlar, farmonlar, qarorlar va hoka'zolar) Konstitutsiyaga asoslanadi. Konstitutsiyada barcha joriy qonunlar uchun asosni tashkil qiladigan g'oyalar va nizomlar mustahkamlangan. Har bir davlatning huquqiy tizimida Konstitutsiyaning ustuvorligi aynan shu bilan belgilanadi. Konstitutsiyaning yetakchi o'rni shunda ham ko'rinadiki, mazkur davlatning fuqarolari bilan birga davlat va uning organlari ham unga amal qilishga majbur. Huquq va davlatning aynan shunday mutanosibligida jamiyatda Konstitutsiya va qonunlarning amaliy ijrosi ta'minlanadi. Inson butun hayoti davomida qonunga bevosita bog'liq bo'ladi. Kishi samolyotda uchganda, uy sotib olganda, mashina haydaganda, uylanganda, o'qiganda yoki ishlaganda - shu singari hamma hollarda u yoki bu qonunlarga ishi tushadi. Huquq - davlat tomonidan o'rnatilgan va himoya qilinadigan barcha uchun majburiy bo'lgan xulq-atvor qoidalarining tizimi. Huquqiy davlat - huquq va qonunning ustuvorligi hamda sud mustaqilligi ta'minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo'linishi prinsipi asosida amalga oshiriladigan davlatdir. Savol va topshiriqlar: 1. Huquq tushunchasiga ta'rif bering. 2. Huquq me'yorlari odamlar orasida umumqabul qilingan qanday munosabatlarni tartibga soladi? 3. Umuminsoniy qadriyatlar va o'zaro munosabatlar me'yorlari huquqda qanday aks ettiriladi va mustahkamlanadi? 4. Nima uchun huquq insonni o'z erkinliklarini cheklashga majburlaydi? 5. «Huquqiy davlat» tushunchasiga ta'rif bering. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.01 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.01 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga