Davlatni tiplarga ajratishdagi turli yondashuvlar

Davlatni tiplarga ajratishdagi turli yondashuvlar

O'quvchilarga / Huquq
Davlatni tiplarga ajratishdagi turli yondashuvlar - rasmi

Material tavsifi

Davlatni tiplarga ajratishdagi turli yondashuvlar Reja: Davlat tipologiyasi tushunchasi va mazmuni; Davlat tipologiyasining tasnifi; Davlat tipologiyasiga yondashuvlar; Davlatni tiplarga ajratishdagi turli yondashuvlar Bugun ro'y berayotgan o'zgarishlar bizni ko'pchilik tushunchalar, atamalarni qaytadan idrok etish va xatto qadriyatlarni qayta baholash bilan shug'ullanishga majbur etadi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Zero, davlat va huquq nazariyasi sobiq Ittifoq sharoitida ma'muriy-buyruqbozlik tuzumining g'oyaviy asosi va oqlovchisi vazifasini bajarganligi sababli u albatta, qayta idrok etilishga muhtoj. Bundan tashqari, bugungi jamiyatimiz taraqqiyotiga xos yangiliklar davlat va huquq tushunchasini, ularning mohiyati, tasnifi va vazifalarini yangicha talqinda tubdan qayta ko'rib chiqishni taqozo etmokda. Bu- tabiiy hol. Davlat va huquq nazariyasi faniga bolsheviklarcha yondashuv, kommunistik mafkura talablari asosida munosabatda bo'lish shunisi bilan farq kilardiki, bilimning bu sohasida insoniyat to'plagan boyliklarning ko'p kismi hamda Respublikamizda, xorijiy mamlakatlarda saqlanib, yigilib kelgan davlat - huquq tafakkuri durdonalari marksizm-leninizm qoidalariga mos kelmagan taqdirda batamom e'tibordan chetda qolib ketardi. hozirgi davrda davlat va huquq nazariyasi sohasida A.Saidov, U. Tojixonov, X. Odilqoriyev, X.Boboyev, Z.Islomov kabi bir qator yirik olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ushbu olimlar davlat va huquq nazariyasi fanining eng muhim sohalaridan biri bo'lmish davlat tipologiyasi, qolaversa, o'zimizning milliy davlatimiz bo'lmish O'zbekiston davlatining tipologiyasining kaysi shakilga mansubligi borasida ma'lum ma'noda o'z so'zlarini ayta oldilar. Bu mavzuning nakadar dolzarbligini isbotlab berdilar. Bu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki oxirgi paytlarda jahon hamjamiyatida juda katta o'zgarishlar bo'ldi, texnika rivojlanishi, tabiatning o'zgarib borishi davlat tipologiyasiga bo'lgan yondashuvlarning keskin o'zgarishib borishiga sabab bo'lmoqda. Ushbu mavzu to'laligicha hayot bilan bog'liq, xar bir muammoli tomoniga hayotdan yorkin misol topish mumkin. Ushbu mavzuni amaliyotga yo'naltirib katta-katta natijalarga erishish mumkin. Xususan davlat tipologiyalarini taqqoslab qiyosiy o'rganish orqali ham ko'plab ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Mavzuning ijtimoiyligini qayerda ko'rish mumkin? Mavzuning ijtimoiyligi shunda ko'rinadiki davlatning o'zi muhim ijtimoiy hodisa bo'lib hisoblanadi. Shunday ekan uning tashqi va ichki xususiyatlarini ochib beruvchi tipologiyasi ham ijtimoiylik kasb etadi. Ushbu kurs ishida davlat tipologiyasining yuqorida ko'rsatib o'tilgan tomonlari, shu bilan birga uning kelib chiqishi, rivojlanishi, jamiyat rivojlanishi bilan o'zgarib borishi, davlat tipologiyasining O'zbekiston miqyosida o'rganilishi va hayotga tadbiq etilishi hamda shunga o'xshash bir qator masalalar yoritib berilgan. Davlat tipologiyasi tushunchasi va mazmuni Davlat - turli-tuman xususiyat va belgilarga ega bo'lgan murakkab va ko'p qirrali ijtimoiy hodisadir. Bu esa davlatlarni turlicha tasniflashga imkon beradi. Masalan, davlatlarni hududlarining katta-kichikligiga karab ulug, katta, o'rta, kichik davlatlarga bo'lish mumkin. Davlatlarga tarixiy yondashuv asosida davlatlarni kadimiy, o'rta asr va hozirgi zamon davlatlariga ajratsa bo'ladi. Tarixiy va madaniy rivojlanishiga ko'ra esa davlatlar dehqonchilik bilan shugullanuvchi va sanoat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.53 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 103.53 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga