Davlatning asosiy funksiyalari

Davlatning asosiy funksiyalari

O'quvchilarga / Huquq
Davlatning asosiy funksiyalari - rasmi

Material tavsifi

Davlatning asosiy funksiyalari Reja: Davlat funksiyasining tushunchasi Davlat funksiyasining turlari Davlat funksiyasining amalda oshirish shakllari va usullari 1. Davlat funksiyasining tushunchasi. Davlatning asosiy funksiyalari - uning oldida turgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy yo'nalishidir. Bu ta'rifdan quyidagi davlat funksiyasining belgilari kelib chiqadi. 1. Davlatning vazifasi iqtisodiy, madaniy, siyosiy va boshqalar u amalga oshiradigan asosiy yo'lni belgilaydi, barcha davlat faoliyatini shu vazifalarni bajarishga qaratadi. 2. Davlat funksiyasi - uning mohiyatida namoyon bo'ladi. Funksiya orqali davlat mohiyati, uning jamiyat bilan munosabatlari ko'rinadi. 3. Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun funksiya orqali jamiyat boshqarilib, u amaliy ahamiyatga ega bo'ladi. 4. Davlatning vazifa va asosiy funksiyalari jamiyatning iqtisodiy sinfiy, milliy va madaniy tuzilishi bilan belgilanadi. 5. Davlat funksiyasi orqali har bir tarixiy bosqichda davlat boshqariladi. Davlatning asosiy funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo'linadi. Ichki funksiyada - davlatning ichki vazifalari, tashqi funksiyada esa tashqi vazifalari amalga oshiriladi. 6. Davlat funksiyasiga huquqiy shakllar davlatning ijodkorlik va huquqni ijro etish faoliyati kiradi. 7. Davlat funksiyasi davlatni boshqarishda va majbur qilish usullari orqali amalga oshiriladi. O'zbekiston davlatining asosiy vazifasi - jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruh millat, elat, guruh, tabaqalarning manfaatlarini ifodalab, bozor iqtisodiy siyosatiga o'tib, demokratik huquqiy davlat qurishdir. Davlatning ichki sohada asosiy vazifasi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy sohada turli islohotlar o'tkazib bozor iqtisodini asosini yaratishdir. Tashqi vazifasi esa jahondagi barcha davlatlar bilan aloqa qilib, davlatni tashqi sohadagi vazifalarini amalga oshirishdir. Demak, ko'ramizki, davlatning asosiy funksiyalari uning ichki sohadagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy, siyosiy va tashqi hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo'nalishidir. 2. Davlat funksiyasining turlari. Davlat funksiyalari ichki va tashqi turlarga bo'linadi. Ichki funksiya qancha kuchli bo'lsa, tashqi funksiya shunchalik kuchli bo'ladi. Davlatning ichki funksiyasi uning oldida turgan muhim iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy vazifalarini amalga oshiradi. Iqtisodiy sohada tashabbuskorlik va ishbilarmonlik asosida iqtisodni mustahkamlab bosqichma-bosqich bozor siyosatiga o'tishda barcha mulk shaklini huquqiy tengligini ta'minlash va qo'riqlash. Iqtisodni markazlashtirmaslik, korxona va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish. Fuqarolarning meqnat qilish, dam olish, ishsizlarga oylik berish, ish haqi, pensiyalar va nafaqalarning kafolatlangan eng kam miqdorini joriy qilish. Tabiiy boyliklardan to'g'ri foydalanish va atrof muhitni himoya qilish kiradi. Ijtimoiy va ma'naviy sohada amalga oshiriladigan vazifalar - bu barcha insonparvarlik g'oyalariga amal qilishlik. Xalqning ma'naviy va axloqiy pokligini tiklash. Xalqning milliy madaniyatini boyitish, ayniqsa davlat tili o'zbek tilini yanada rivojlantirish. Fuqarolarning vijdon va din erkinligini rivojlantirish. Ijtimoiy adolat qoidalarini ruyobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va boshqalar. Siyosiy sohada quyidagi vazifalarni hisobga olib, barcha ijtimoiy guruhlar, millat va elatlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.1 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.1 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga