Davlatning ekologik funksiyasi Reja: Davlatning ekologik funksiyasi tushunchasi va uning davlat funksiyalari tizimida tutgan o'rni. Davlat ekologik funksiyasi mazmuni va tasnifi. «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib koldi. Buni sezmaslik, qo'l qovushtirib o'tirish o'z-o'zini o'limga maxkum etish bilan birobardir». I.A.KARIMOV Davlatning ekologik funksiyasi Bugun ro'y berayotgan o'zgarishlar bizni ko'pchilik tushunchalar, atamalarni qaytadan idrok etish va xatto qadriyatlarni qayta baholash bilan shug'ullanishga majbur etadi. Boshqacha bo'lishi xam mumkin emas. Zero, davlat va huquq nazariyasi sobiq Ittifoq sharoitida ma'muriy-buyruqbozlik tuzumining g'oyaviy asosi va oqlovchisi vazifasini bajarganligi sababli u albatta, qayta idrok etilishga muhtoj. Bundan tashqari, bugungi jamiyatimiz taraqqiyotiga xos yangiliklar davlat va huquq tushunchasini, ularning mohiyati, tasnifi va funksiyalarini yangicha talqinda tubdan qayta ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. Bu- tabiiy xol. Davlat va huquq nazariyasi faniga bolsheviklarcha yondashuv, kommunistik mafkura talablari asosida munosabatda bo'lish shunisi bilan farq qilardiki, bilimning bu sohasida insoniyat to'plagan boyliklarning ko'p qismi hamda Respublikamizda, xorijiy mamlakatlarda saqlanib, yig'ilib kelgan davlat - huquq tafakkuri durdonalari marksizm-leninizm qoidalariga mos kelmagan taqdirda batamom e'tibordan chetda qolib ketardi. hozirgi davrda davlat va huquq nazariyasi sohasida A.Saidov, U. Tojixonov, X. Odilkoriyev, X.Boboyev, Z.Islomov kabi bir qator yirik olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.Ushbu olimlar davlat va huquq nazariyasi fanining eng muhim sohalaridan biri bo'lmish davlat funksiyasi, qolaversa O'zbekiston davlatining ekologik funksiyalari borasida ma'lum ma'noda o'z so'zlarini ayta oldilar. Bu mavzuning naqadar dolzarbligini isbotlab berdilar. Bu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki oxirgi paytlarda jahon hamjamiyatida juda katta o'zgarishlar bo'ldi, texnika rivojlanishi, tabiatning o'zgarib borishi davlat ekologik funksiyalariga bir qancha o'zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda. Agarda davlat o'z ekologik funksiyasini qayta tashkil etmas ekan, bunday davlat oqsoqlanib jahon hamjamiyatidan orqada qolishi turgan gap. Mavzuning ahamiyatliligi shundan iboratki, ushbu mavzu to'ligicha hayot bilan bog'liq, xar bir muammoli tomoniga hayotdan yorqin misol topish mumkin.Ushbu mavzuni amaliyotga yo'naltirib katta-katta natijalarga erishish mumkin. Mavzuning ijtimoiyligini kayerda ko'rish mumkin? Mavzuning ijtimoiyligi shunda ko'rinadiki davlatning o'zi muhim ijtimoiy hodisa bo'lib hisoblanadi. Shunday ekan uning amalga oshiradigan funksiyalari xam ijtimoiylik kasb etadi. Ushbu kurs ishida davlat funksiyalarining yuqorida ko'rsatib o'tilgan tomonlari, shu bilan birga uning kelib chiqishi, rivojlanishi, jamiyat rivojlanishi bilan o'zgarib borishi, davlat funksiyalarining O'zbekiston miqyosida o'rganilishi va hayotga tadbiq etilishi hamda shunga o'xshash bir kator masalalar yoritib berilgan. Davlatning ekologik funksiyasi tushunchasi va uning davlat funksiyalari tizimida tutgan o'rni Ekologiya bilan insonning munosabatining dolzarbligini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xam mustahkamlanib quyilganini ko'rishimiz mumkin. Konstitutsiyaning XI bobi, ya'ni «Fuqarolarning burchlari» bobi 50-moddasida fuqarolarning tabiatga nisbatan bo'lgan burchlari xam ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.63 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.63 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: docx