Davlatning ekologik funksiyasini amalga oshirish shakllari (ekologik monitoring, ekologik nazorat, ekologik ekspertiza) Bozor iqtisodiyoti sharoitida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni davlatning mustaqil va asosiy funksiyasi sifatida tan olish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Huquqshunos olimlarning fikricha, ijtimoiy hayotning ushbu sohasi o'z tashkilotlari va institutlariga hamda o'ziga xos munosabatlar va psixologik jihatlarga ega bo'lganligi bois, mazkur funksiya asosiy va mustaqil funksiya sifatida ajralib turadi. Davlat ekologik funksiyasining mustaqil funksiya sifatida ajralib turishi jamiyatning tabiatga munosabati o'zgarganligi bilan ham bog'liqdir. Shunday ekan, ekologik funksiyani davlat faoliyatidagi jamiyatning ekologik xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshiriladigan obyektiv-zaruriy, maqsadga yo'naltirilgan, qonunda shart qilib qo'yilgan yo'nalishidir, deyishga yetarli darajada asoslarimiz bor. Davlatning ekologik funksiyasi butun jamiyat manfaatlarini aks ettirib, uzoq davom etadigan obyektiv voqelikdir. Davlat huquqiy mexanizmining barcha bo'g'inlari atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi xilma-xil va maqsadga yo'naltirilgan harakatlarni amalga oshirishga qaratilgandir. Ekologiya sohasidagi xilma-xil huquqiy muammolar orasida boshqaruv masalalari, maxsus davlat organlarining tashkilotchilik faoliyati, shubhasiz, markaziy o'rin egallaydi. Bozor iqtisodiyotiga o'tilishi sababli, tabiatdan oqilona foydalanish hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvining mohiyati ancha o'zgardi. Bugungi kunda «boshqarish» deganda, boshqariladigan obyektga nisbatan bitta subyektning hukmron ta'siri tushunilmaydigan bo'ldi. «Boshqarish» degan tushunchaning keng tarqalgan va «mo'tadil» («o'rtamiyona») ta'rifi tan olindi. Endilikda biz tabiiy resurslardan (boyliklardan) foydalanish hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat funksiyasi davlat organlarining tashkilotchilik faoliyatidir, deb tushunamiz. Hozirgi kunda «boshqaruv» deganda, ma'lum bir doiradagi davlat faoliyati ko'zda tutiladi. Ammo bu faoliyat cheklangan bo'lib, u subyektlar o'zlarini qanday tutishlari lozimligining umumiy qoidalarinigina belgilab beradi, ammo xo'jalik yurituvchi tizimni tashkil etish masalalari bilan shug'ullanmaydi. Hozirgi kunda biz taraqqiyotning asosiy yo'nalishlari, chegaralari va doiralari asosan davlat tomonidan belgilanayotganligiga, xo'jalik yuritish tashabbusi nodavlat tashkilotlaridan chiqayotganiga guvoh bo'lib turibmiz. Bizningcha, «boshqaruv» tushunchasining bunday talqinini qabul qilish va amaliyotda qo'llash mumkin. Lekin, shunday bo'lsa-da, davlatning ma'lum maqsadlarini hamda funksiyalarini bajarishga yo'naltirilgan tashkilotchilik faoliyatini boshqaruvning to'liq tavsifi deb belgilash lozim. Boshqaruv o'zaro jips bog'liqlikda bo'lgan elementlardan (unsurlardan) tashkil topgan ma'lum bir jarayondir. Aytish mumkinki, bu boshqaruvning umumiy, tashkiliy-iqtisodiy tavsifidir. Shu bilan birga, B. V. Yerofeyevning ta'kidlashicha, «iqtisodiy va ekologik tizimlarga nisbatan davlatning tartibga solish faoliyatidagi o'ziga xosliklar ularning tabiatidagi muhim farqlardan kelib chiqadi: iqtisodiy tizimda kechadigan obyektiv jarayonlarga chuqur aralashish mumkin, ammo ekologik tizimda amal qiladigan tabiat qonunlariga umuman aralashib bo'lmaydi». Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, tabiat shunday bir boshqaruv obyektidirki, unga nisbatan o'tkazilgan har qanday noto'g'ri ta'sir jiddiy salbiy ekologik oqibatlarga olib kelishi mumkin, shu boisdan u alohida huquqiy tartibga solinishi lozim. Tabiat moddiy boyliklarning manbaigina emas, balki odamlarning o'zi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.6 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.6 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: doc