Davlatning ekologik siyosatining shakllanishi

Davlatning ekologik siyosatining shakllanishi

O'quvchilarga / Huquq
Davlatning ekologik siyosatining shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

Davlatning ekologik siyosatining shakllanishi Reja: Krish 1. Ekologik siyosat tushunchasi mazmun mohiyati 2. xalqaro ekologik tashkilotlar 3. Mamlakatimiz ekologik siyosatining shakllanishi va ekologik tashkilotlar 4. O'zbekiston ekologik siyosatini yanada takomillashtirish yo'nalishlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Davlat ekologik siyosatining asoslari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida o'z aksini topgan. Unga ko'ra, yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Ushbu konstitutsiyaviy norma davlat ekologik faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplarini ifodalaydi: Birinchidan, Respublika tabiiy resurslari umummilliy boylik hisoblanadi, yani yuridik manoda ular xalq mulkini tashkil etadi hamda ular nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunda belgilangan vakolatlari doirasida ish yuritadi. Ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarur. Ekologiya huquqida oqilona deganda, tabiiy resurslardan ekologik normativ va standartlarga qatiy rioya etgan holda foydalanish tushuniladi. Uchinchidan, tabiat obyektlari va resurslari davlat tomonidan qo'riqlanadi. Bu davlat tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ta'minlashini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va manfaatlariga, shuningdek ekologik huquq-tartibotga rioya etilishini kafolatlashini anglatadi. Konstitutsiyamizning 100-moddasida esa, mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vakolatlari sanalgan bo'lib, ushbu vakillik organlari faoliyatining ustuvor yo'nalishi sifatida o'z hududida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo'yicha vakolatlari mustahkamlangan. Ushbu normaning ahamiyati va zaruriyati quyidagilarda namoyon bo'ladi: birinchidan, u atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo'yicha asosiy vazifalarni belgilab beradi; ikkinchidan, barcha darajadagi hokimlarga o'z hududi doirasida ekologik qonunchilikka rioya etilishi borasida shaxsan javobgarlik mas'uliyatini yuklaydi. Bir qator xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalarining tahlili ularda ekologik-huquqiy normalar turlicha tartibga solinganligidan guvohlik beradi. Xususan: 1. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalarida davlatning tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash singari mustaqil funksiyalari mavjudligi mustahkamlangan (GFR Konstitutsiyasining 15-moddasi, Bolgariya Konstitutsiyasining 31-moddasi va b.q.). 2. Tabiiy obyektlar va resurslarga nisbatan davlatning mutlaq mulk huquqi belgilab qo'yilgan (Vengriya Konstitutsiyasining 8-moddasi, Ruminiya Konstitutsiyasining 12-moddasi va b.q.). 3. Xalq xo'jaligini va tabiatdan foydalanishni rivojlantirishda xalq xo'jaligini rejalashtirish, xom-ashyo va resurslarga bo'lgan ehtiyojni inobatga olish, ularning rejali taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish kabi normalar mustahkamlab qo'yilgan. (Vengriya Konstitutsiyasining 7-moddasi va sh.k.). 4. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va majburiyatlarini shakllantirish. Ayni damda takidlash o'rinliki, ko'p hollarda fuqarolarning qulay atrof tabiiy muhitda yashash huquqi ayni damda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish majburiyati bilan bog'lanadi (GFR Konstitutsiyasining 34-moddasi va sh.k.). 5. Tabiatni muhofaza qilishda jamoat birlashmalari va harakatlarning o'rni mustahkamlangan (GFR Konstitutsiyasi 29-moddasi, Ruminiya Konstitutsiyasi 24-moddasi va b.q.). 6. Davlatning mamlakat va jamiyatning tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ichki va tashqi siyosatiga oid prinsiplarining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.95 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 44.95 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga