Davlatning kelib chiqishi haqidagi turli xil nazariyalar Reja: Kirish ……3 1.Tabiiy huquq nazariyasi7 2.Iloxiy (teologik) nazariya 11 3.Patrialxal nazariya 11 4.Ijtimoiy shartnoma nazariyasi 12 5.Zo'rovonlik nazariyasi13 6.ruhiy (psixologik) nazariyasi14 7.Islom nazariyasi 14 8.Tarixiy materialistik nazariyasi 16 9.Irrigatsion nazariya. 18 Xulosa 20 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 22 Adolat va haqiqat g'oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog'i lozim. Adolat va haqiqat g'oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo'nalishi bo'lmog'i shart. I.A.Karimov Kirish Mustaqil Respublikamiz fuqarolari jamiyatimizdagi tub demokratik o'zgarishlarni undagi fuqarolarning tinch totuvligi millatlararo axilligi, ijtimoiy osoyishtalikka erishish masalalarini davlatchiligimizni huquqiy madaniyatni va huquqiy davlatni barpo etish , odil sudlov inson huquqlari bilan tobora ko'proq bog'lashmoqda. Shu munosabat bilan: davlatning o'zi nima? Huquq nima degani? Ularning jamiyatdagi vazifasi va imkoniyatlari nimalardan iborat? degan savollarga ko'ndalang bo'ladi. Ularning aksariyat javoblari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlarida o'z ifodasini topgan va ular xammaga malum. Islom Abdug'anievichning O'zbekiston XXІ asr bo'sag'asida: xavsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va barqarorlik kafolatlari kitobida mazkur mavzuning dolzarbliligi takidlangan holda shunday deyiladi: hozirgi sharoitda O'zbekistonning yangi davlatchiligini mustahkamlash uchun jamiyatning siyosiy institutlari tizimida davlatning rolini aniqroq belgilash kerak. Bu, eng avvalo, milliy xavfsizlik asoslarini mustahkamlash, mamlakatning barqarorligini, qatiy siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini saqlab qolish nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Milliy taraqqiyotninig XXІ asr boshlari asosiy strategik ustivor yo'nalishlardan biri bo'lgan davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish Kuchli davlatdan kuchli Fuqarolik jamiyat sari siyosiy qurilish mohiyatini belgiladi. I. Karimov takidlaganidek, Fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini barpo etish yo'lidagi ishlarimizning mazmun mohiyatini tadqiq etadi. Bugungi kunda foydalanishga majbur bo'layotgan davlat va huquq umumiy nazariyasi bo'yicha o'ukv adabiyoti butunlay eskirib, O'zbekistonda ro'y bergan va ro'y berayotgan shiddatli o'zgarishlarni aks ettira olmayapti. O'zbekiston Prezidenti ushbu holatni ir necha bor ko'rsatib o'tgan. Binobarin, O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi, joriy qonunchiligimizni, shuningdek, jamiyatimizda ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy, ma'naviy va boshqa jarayonlarni o'zida aks ettirgan yangi darsliklar o'quv qo'lanmalari ma'ruza to'plamlari uslubiy ishlanmalar ilmiy nashrlarni chop etish zarurati pishib etildi. O'zbekiston davlatchiligining bundan keyingi rivoji inson huquqlarini ustivorligini etirof etish bozor munosabatlarining qaror topishi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni barpo qilish ijtimoiy ongdagi o'zgartirishlar, ilgarigi qadriyatlarni qayta baholash-bularning xammasi farazlar, taxminlar, qotib qolgan aqida va izmlardan xoli ravishda ilmiy muloxoza qilishga muhtojdir. Shuningdek, oldinda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar yo'llari va taqdiri haqida aniq tasavvurlarni shallantirish vazifasi turibdi. Davlat - butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bolgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverentetga ega bolgan tashkilotdir. Davlat - bu butun jamiyatni birlashtirib turuvchi, boshqaruvning hamda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.64 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.64 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: doc