Davlatning mohiyati va belgilari

Davlatning mohiyati va belgilari

O'quvchilarga / Huquq
Davlatning mohiyati va belgilari - rasmi

Material tavsifi

Davlatning mohiyati va belgilari Reja: Davlatning mohiyati va belgilari Jamiyat siyosiy tizimida davlatning o'rni Prezident I.A.Karimovning asarlarida davlat vap huquq masalalari 1. Davlatning mohiyati va belgilari. Sho'ro davrida Markscha - lenincha ta'limot davlatni qukmron sinf mazlum sinfni ekspluatatsiya qiluvchi - zo'ravonlik diktaturasi deb kelindi. Hozirgi vaqtda davlat zo'ravonlik bo'lmasdan jamiyatdagi barcha sinf, millat va elatlarning va milliy belgilari - diniy, kasbi va boshqa ijtimoiy chiqishidan qatish nazar, ularning manfaatlarini ifodalaydi. Davlatning mohiyati - bu jamiyatdagi barcha sinf, siyosiy partiya, tabaqa, guruh, millat va elatlar uchun xizmat qilishdir. Bundan chiqadigan xulosa shuki, davlat zo'ravonlik siyosati bo'lmasdan uning asosiy umuminsoniy vazifalarini oshirish birinchi o'ringa chiqdi. Davlat sinfiy hokimiyatini yo'qotgani yo'q, u faqat ikkinchi o'ringa chiqdi. Davlat jamiyatdagi barcha kishilarning siyosiy uyushmasidir. Davlat qokimiyati umuminsoniy va milliy manfaatlarga asoslangan siyosiy hokimiyatdir. Bu siyosiy hokimiyat davlat apparati yoki davlat mexanizmi deb ataluvchi - davlat idoralari (organlari) - qonun chiqaruvchi organ parlament, ijro etuvchi organ - qukumat, qurolli kuchlar, politsiya, milliy xavfsizlik va huquqni muqofaza qiluvchi idoralar - sud, prokuratura va ichki ishlar idoralari orqali amalga oshiradi. Davlat jamiyat ustqurmasining siyosat, din, falsafa va boshqalari bilan uzviy borliqdir. Davlat huquq bilan ham bog'liqdir, chunki huquq davlatning oldida turgan iqtisodi, siyosiy va madaniy vazifalarini amalga oshirishda qurol bo'lib xizmat qiladi. Huquq jamiyatning iqtisodiy mustahkamlab, turli mulk shakllarini qo'rqlaydi. Huquq kishilarning g'oyaviy jihatdan tarbiyalab, ijtimoiy ongni shakllaridan san'at, din, falsafa, axloq va boshqalar bilan bog'lik bo'lib, aholini ma'naviy jihatdan tarbiyalaydi. Davlat siyosiy vazifalarni bajaruvchi jamiyatdagi boshqa muassasalar va tashkilotlar (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan bog'liq va ulardan farq qiladi). 2. Jamiyat siyosiy tizimida davlatning o'rni. Jamiyatning siyosiy tizimi bu davlat organlari, muassasalari, korxonalar, turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari, milliy jamoalari va huquqiy normalar yig'indisidir. Davlat jamiyatning siyosiy tizimi ichida asosiy o'rinni egallaydi. U maxsus zo'rlik hokimiyatiga ega bo'lgan siyosiy tashkilot bo'lib, uning hududidagi barcha fuqarolarga davlat tilida ish olib borib, siyosiy hukmronligini o'rnatadi. Davlat zo'rlik kuchi bilan mustaqil holda ichki va tashqi sohada vazifalarni amalga oshiradi. Davlat jamiyatning boshqa siyosiy tashkilotlaridan qo'yidagi belgilari bilan farq qiladi. 1. Davlat jamiyatdagi barcha sinf, millat, elat va tabaqalarning siyosiy tashkilotidir. Ammo davlat ularning yagona siyosiy tashkiloti emas. Jamiyatda davlatdan tanqari turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, birlashmalar mavjud. Agar davlat jamiyatdagi kishilarning siyosiy tashkiloti bo'lsa, boshqa tashkilotlar ayrim guruhlarni kasbi, diniy qarashi, siyosiy - ijtimoiy qarashlari bo'yicha birlashtiradi va ularga xizmat qiladi. 2. Davlat aholini ma'muriy - hududiy birliklarga bo'lib, o'z hokimiyatini ma'muriy - hududiy prinsip ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.19 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.19 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga