Davlatning mohiyati va uni tushunish muammolari Reja: Davlat fenomeni va uni tushunish muammolari Ommaviy-siyosiy hokimiyat Davlatning sotsiologik konsepsiyasi Davlatning legistik konsepsiyasi Davlatning libertar konsepsiyasi Davlatning substansiyaviy, hududiy va institutsiyaviy elementlari. Davlat fenomeni Kishilik jamiyati tarixida davlat paydo bo'lishi bilan uning haqida munozaralar ham boshlanib, olimu-allomalar «davlatning o'zi nima?», «uning mohiyati nimada?» kabi savollarga javob berishga hanuzgacha urinib kelishmoqda. Biroq, mutloq murakkab (bo'lgan) ijtimoiy-siyosiy hodisa bo'lgan davlatga ta'rif berish, uning mohiyatini chuqur anglash oson kechmagan. Darhaqiqat, davlatga ta'rif berish murakkab vazifa bo'lib, bir necha yuz yilliklar davomida insonlar davlat nima, u nima uchun kerak, nega mavjud, kabi savollarga javob topishga harakat qilib kelishmoqda. Bundan tashqari davlat qay tariqa vujudga keladi, uning mohiyati, jamiyat va odamlar hayotiga aralashish chegarasi qanday degan masalalar yuzasidan munozaralar har yangi avlod tadqiqotchilari, ya'ni davlatshunos olimlar oldida muqarrar ravishda turadi. Davlat masalasiga qadimgi mutafakkirlar, xususan Sharq mutafakkirlari ham katta qiziqish bilan qaraganlar. Davlatni tushunishda, unga bo'lgan katta qiziqishga qaramasdan, - hamon yakdillik yo'q. Xo'sh, bunday holatning sababi nima? - Avvalo, davlatni tushunishdagi hilma-xillik, davlatga oid qarashlarni shakllantirgan davr bilan bog'liqdir, boshqacha qilib aytganda, jamiyat taraqqiyoti, uning onggi va tafakkuri darajasi bilan bog'liq. - Ayni paytda, davlatning tushunchasini aniqlashdagi plyuralizm, bir jihatdan odamlarning davlatni o'ziga - har xil tushunishi bilan, ikkinchi tomondan esa, davlatning o'zining ijtimoiy hodisa sifatida murakkabligi bilan tavsiflanadi. - Bundan tashqari, davlat atamasi turli ma'nolarda ham ishlatiladi va bu holat uni tushunishdagi turlichalikni keltirib chiqaradi. Yirik avstraliyalik huquqshunos Gans Kelzen (legistik yondashuv vakili) ning o'rinli ta'kidicha, davlat so'zi ko'pincha jamiyatni ifodalaydi, ba'zan millat yoki hududni belgilab ham aytiladi. Davlat to'g'risidagi nazariyaning yetarli emasligiga sabab, ko'pincha tadqiqotchilar turli atatmalarni bir ma'noda va aksincha bir xil ma'nodagi atamalarni turli mazmunda qo'llashlari hamdir. Kelzenning fikricha davlat tushunchasi qo'yidagi ma'nolarda qo'llanishi mumkin: 1. Davlat avvalo sof yuridik yondashuv, nuqtai-nazar orqali qarab chiqilmog'i lozim. U yuridik shaxs, «huquqiy fenomen», o'ziga hos korporatsiya sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Davlat millat miqyosidagi huquqiy tartibdir. Yuridik fenomen sifatidagi davlat bilan huquq o'rtasidagi munosabat huddi huquq bilan individuum o'rtasidagi munosabat tarzida qaralmog'i kerak. Kelzenning fikricha, davlat huquqni o'rnatishi yoki sanksiyalashdan qat'i-nazar, huddi individdek bo'lishi, ya'ni o'z xatti harakatida huquq bilan bog'liq bo'lishi kerak. 2. Davlat tushunchasi sotsiologik ma'noda ham ishlatilishi mumkin. Bu tarzda qaraganda davlat qandaydir «sotsiologik birlik», huquqiy tartib va huquqiy reallikdan mustaqil mavjud bo'lgan «sotsial reallik» sifatida ham qaralishi mumkin. Sotsiologik nuqtai-nazardan qaralgan davlat uchun xos bo'lgan jihat - uning jamiyatni boshqarish yuzasidan vakolatlarning bir qancha organlarga berilganligi, bir qator organlar qo'lida to'planganligidir. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.74 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.74 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: doc