Davlatning shakli va funksiyalari muammolari

Davlatning shakli va funksiyalari muammolari

O'quvchilarga / Huquq
Davlatning shakli va funksiyalari muammolari - rasmi

Material tavsifi

Davlatning shakli va funksiyalari muammolari Reja: Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari Hozirgi zamon davlatlari boshqaruv shakli Hozirgi zamon ko'p millatli davlat sharoitida davlat tuzilishi shakllari muammolari Hozirgi zamon davlati siyosiy rejimi va uning ko'rinishlari. Totalitarizm Hozirgi zamon davlati funksiyalari. O'zbekistonning hozirgi zamondagi vazifalari. Davlat shaklini tushunish muammolari va rivojlanish tendensiyalari Davlatning mohiyati va mazmuni bevosita uning shakli orqali ifodalanadi va namoyon bo'ladi. Davlatni uning mohiyati nuqtai nazaridan o'rganilganda davlatda hokimiyatning kimga mansubligi, uning subyekti (egasi) kim ekanligi, davlat birinchi navbatda jamiyatning qaysi tabaqasi, guruhi, sinfining erkini ifodalab, manfaatini himoya qilishi aniqlanadi. Davlatni uning shakli nuqtai nazaridan o'rganish esa, -bu uning tuzilishi, uning asosiy tarkibiy qismlari, ichki tuzilishi, davlat hokimiyatini amalga oshirishning asosiy uslublarini aniqlashga imkon beradi, ya'ni muayyan davlatda hokimiyat qanday tashkil etilgan, qaysi organlar tomonidan amalga oshirilgan, bu organlarning tashkil etilish tartibi va vakolatlari nimalardan iborat - kabi savollarga javob beradi. Davlat va huquq nazariyasi fani o'tmishda va hozirda qanday davlat shakllari bo'lgan, qaysi xalqqa qanday davlat shakli mos keladi kabi masalalarni doimo o'rganib kelgan. Davlat shakli to'g'risidagi masala nafaqat nazariy, ayni paytda amaliy-siyosiy ahamiyatga molik masaladir. Zero, davlat hokimiyatining qanday tashkil etilganligi va qay tarzda amalga oshirilganligi davlat rahbarligining samaradorligi, hukumatning barqarorligi va salohiyatini belgilaydi. Yuridik adabiyotda «davlat shakli» tushunchasiga turlicha nuqtai nazar bilan qarashlar mavjud. Bir guruh mualliflar uni tor ma'noda tushunadilar, ularning fikricha, davlat shakli bu faqat boshqaruv shaklidir. Keng ma'noda tushunuvchi mualliflar esa, bu tushunchaga boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklining majmui sifatida baho beradilar. Yana bir boshqa mualliflar davlatning ichki va tashqi shakllarini farqlaydilar. Davlatning ichki shaklida siyosiy rejimning bir turi sifatida demokratiyani, tashqi shakli deganda davlatning boshqaruv va tuzilish shaklini tushunadilar (masalan, D.A.Kerimov). Shunga qaramasdan yuridik adabiyotda «davlat shakli tushunchasi» ga berilgan an'anaviy ta'rif mavjud bo'lib, uni olimlarning ko'pchiligi ma'qullaydilar. Shunday qilib, davlat shakli bu davlatdagi siyosiy hokimiyatni tashkil etilishi bo'lib, u o'zida davlatni boshqaruv shaklini, davlat tuzilishi shaklini va siyosiy rejimni mujassamlashtiradi. Bunda boshqaruv shakli: oliy davlat hokimiyati va boshqaruvning yuqori organlarini tashkil etish va tuzishning muayyan tartibidan; Davlat tuzilish shakli: davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar o'zaro munosabatlarining muayyan tartibidan; Siyosiy (davlat) rejimi: davlat (siyosiy) hokimiyatni amalga oshirish uslublari va yo'llaridan iborat. Davlat shakli tushunchasi o'z ichiga qo'ydagilarni oladi: A) oliy davlat hokimiyatini tashkil etishni, oliy davlat hokimiyati manbalarini, hamda oliy davlat organlarining o'zaro va aholi bilan o'zaro munosabati prinsiplarini; B) davlat hokimiyatining hududiy tashkil etilishini, yaxlit tuzilma sifatidagi davlatning o'z tarkibiy qismlari bilan o'zaro aloqasini; B) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.01 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.01 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga