Mavzu: Davlatning siyosiy rejim shakli Reja: 1. Davlat shakllari tushunchasi. 2. Siyosiy rejim shakli 3. Siyosiy rejimning demokratik tartiblari Davlat shakllari Bu davlatni boshqarish uchun davlat hokimiyatini tashkil etish, davlat tuzilishi va siyosiy tartibni amalga oshirish usullaridir. Davlat shakli birinchi navbatda davlat hokimiyatining mahalliy va oliy hokimiyat organlarini tuzilishidir. Davlatning boshqaruv shakli bu - davlat hokimiyatining uchta tarmoqqa bo'linishidir. Davlat shaklini ikkinchi tarkibiy qismi bu davlatning tuzilish shaklidir. Bu jamiyatning milliy, iqtisodiy va madaniy xususiyatlariga bo'g'liqdir. Tuzilish shakli bo'yicha davlatlar unitar, ya'ni oddiy davlat tuzilishiga, federativ-murakkab davlat tuzilishiga va konfederativ davlat tuzilish shakliga ega bo'ladi. Davlat tuzilish shakli har bir davlatning siyosiy va ma'muriy-hududiy tuzilishini birlashtiradi. Masalan: O'zbekiston Respublikasining hududida yashovchi barcha xalqning tarixiy va milliy xususiyatlari hisobga olingan holda uning ma'muriy-hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar va Qoraqolpog'iston Respublikasidan iborat. Siyosiy rejim Siyosiy rejim - bu siyosiy hokimiyatni amalga oshirish usullari (metodlari) bo'lib, jamiyatning siyosiy natijaviy ahvoli, ya'ni har xil siyosiy kuchlarning qarama-qarshiliklari va o'zaro harakatlaridan hamda turlicha siyosiy institutlarning amal qilishidan mujassamlashadigan vav demokratizm yoki antidemokratizm bilan tavsiflanadigan usullar yig'indisidan iborat. Bu ta'rif yuqoridagi tushunchaning (siyosiy rejim) quyidagi belgilarini ajratib ko'rsatishni talab etadi: -siyosiy rejim avvalambor davlatda siyosiy hokimiyat qanday usullar bilan amalga oshirilishiga bog'liq; (agar ishontirish, kelishuv, qonunchilik, parlamentlik yoki huquqiy majburlov usullari bo'lsa, u albatta progressiv, ya'ni demokratik rejim) yoki aksincha usullar qo'llansa - antidemokratik, reaktsion rejim bo'ladi. -har bir mamlakatda siyosiy rejim siyosiy kuchlarning nisbati bilan belgilanadi. Siyosiy kuchlar balansi bir xil bo'lsa, bu yerda stabil rejim bo'ladi. Bu davlat hokmiyatining amalga oshirish usuli yig'indisidir. Bu usullar ikki hil bo'ladi, demokratik siyosiy tartib va nodemokratik siyosiy tartib, Demokratik siyosiy tartibda davlatda fuqarolarning huquq va burchlarini ta'minlash, xalqni turli jamoat tashkilatlariga birlashtirish, davlat hokimiyat va boshqaruv organlarini xalq ishtirokida saylash, davlatni boshqarishda keng xalq ommasini ishtirok etishi va boshqalar. Masalan; O'zbekiston Respublikasida davlat siyosiy tartib bo'yicha demokratik asosda idora etiladi. Demokratik tartib asosan ikki xil usulda amalga oshiriladi 1.Vakillik demokratiyasi usuli - bunda O'zbekison hududida yashovchi aholi Oliy Majlisga o'z vakili deputat saylaydi, davlat ahamiyatiga ega bo'lgan iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni xalqning vakili deputatlar sessiyasida muhokama qilib, ularni qabul qilib, davlatni idora etishda xalq o'z vaqillari orqali qatnashadi. 2. Bevosita demokratiya usuli- O'zbekistonda demokratiyani amalga oshirishda, davlatni idora etishda xalqning bevosita ishtirokini ta'minlaydi, ya'ni davlat ahamiyatiga ega bo'lgan masalalarni xalqning muhokamasiga qo'yadi, xalq shu yo'l bilan davlatni boshqarishda ishtirok etadi. Nodemokratik siyosiy tartib-demokratik usulga qarshi bo'lib, totalitar, avtoritar va fashistik shakllarda bo'ladi. Totalitar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
309.4 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
309.4 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: pptx