Davlatning tuzilish shakli

Davlatning tuzilish shakli

O'quvchilarga / Huquq
Davlatning tuzilish shakli - rasmi

Material tavsifi

8-sinf O'zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 7-mavzu Davlatning tuzilish shakli Davlatlar tuzilish jihatidan oddiy (unitar) va murakkab (federativ, kon federativ) bo'lishi mumkin. Unitary davlatda butun bir mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega bo'lgan qonunchilik, ijroiya va sud idoralari bo'ladi. Unitar davlatning belgilari: ♦ konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimining mavjudligi; ♦ yagona armiyaga ega bo'lish; ♦ yagona pul birligi amal qilishi; ♦ tarkibiy qismlar, ya'ni ma'muriy-hududiy tuzilmalarga bo'linish; ♦ barcha ma'muriy-hududiy birliklar uchun umumiy bo'l gan soliq va kredit siyosatining joriy qilinganligi; ♦ yagona fuqarolikning mavjudligi. 1. Yagona konstitutsiya 2. Yagona qonunlar 3. Yagona fuqarolik 4. Yagona pul 5. Yagona soliq va kredit siyosati 6. Yagona armiya Davlatning tuzilish shakli uning ma'muriy-hududiy tashkil etilishidir. Unitar - lotincha so'z bo'lib, oddiy, yagona degan ma'no ni bildiradi. Unitar davlatdan farqli o'laroq federativ davlat murakkab davlat tuzilmasi hisoblanadi. Federativ davlat bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo'ladi. Ularning subyektlari shtat, o'lka, Respublika, amirliklar deb atalishi mumkin. Federatsiya subyektlari o'z ma'muriy-hududiy bo'linmalariga ega. Federativ davlat - bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo'lgan murakkab, ittifoqdosh davlat. Federativ davlatning belgilari quyidagilar: ♦ federatsiya hududi uning subyektlari hududi yig'indisidan iborat bo'ladi; ♦ oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat idoralariga tegishli bo'ladi; ♦ federatsiyaning umumiy konstitutsiyasi uning subyektlari va federatsiyaning o'zi o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni belgilaydi; ♦ federatsiya subyektlarining har biri alohida o'z konstitutsiyasi, o'zlarining oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo'ladi; ♦ federatsiya oliy qonun chiqaruvchi idorasi odatda ikki palatali bo'ladi. Bunda yuqori palata federatsiya a'zolarining manfaatlarini ifoda etadi. Hozirda jahonda 20 tadan ko'proq federativ davlatlar mavjud. Federat siya va uning subyektlari o'rtasidagi munosabatlar har doim ham ijobiy bo'lavermaydi. Konfederatsiya (lotincha - ittifoq, uyushma) - suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda biror-bir maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi. Davlatlar u yoki bu maqsadni ko'zlab, o'z suvereniteti va mustaqilligini saqlagan holda birlashishlari ham mumkin. U holda bunday ittifoq konfederatsiya deyiladi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona fuqarolik bo'lmaydi. Har bir davlat xalqaro huquqning teng huquqli subyekti bo'ladi. Konfederatsiya belgilari quyidagilardan iborat: ♦ mustaqil davlatlar muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashadi; ♦ konfederatsiya mustahkam bo'lmagan tuzilma; ♦ yagona hudud mavjud bo'lmaydi (konfederatsiyaning hududi uning a'zolari bo'lgan davlatlar hududidan tashkil topadi); ♦ umumiy fuqarolik mavjud bo'lmaydi; ♦ konfederatsiya a'zolari undan erkin chiqish huquqiga ega bo' la dilar; ♦ konfederatsiya a'zolari ittifoq hokimiyati qonun hujjat larini e'tirof etmaslik yoki qo'llamaslik (nulifi katsiya qilish) huquqiga ega bo'ladilar. ♦ konfederatsiya vakolatiga uncha ko'p bo'lmagan masa lalarni hal etish kiradi; ♦ konfederatsiya sarmoyasi uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.46 MB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.46 MB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga