Davo muddati

Davo muddati

O'quvchilarga / Huquq
Davo muddati - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Davo muddatlari 2. Davo muddatining turlari 3. Davo muddati joriy qilinmaydigan talablar Davo muddatlari Davo muddati deb shaxs o'zining buzilgan huquqini davo qo'zg'atish yo'li bilan himoya qilishi mumkin bo'ladigan muddatga aytiladi. Sh.Shorahmetovning fikricha har qanday fuqarolik davosi-ning ikki tomoni bor: Birinchidan, moddiy-huquqiy tomoni - bunda, avvalo, davo-garning javobgarga nisbatan muayyan nizoli moddiy-huquqiy tala-bi bo'lishi, masalan, biron-bir ashyoning topshirilishi, pul to'lani-shi, xizmat ko'rsatilishi, zararning qoplanishi xususida talab qilinadi; Ikkinchidan, protsessual huquqiy tomoni - bunda taraflar o'r-tasida kelib chiqqan nizoning mazmunan hal qilinishi va buzilgan yoki nizoli huquqning qo'riqlanishi to'g'risida sudga iltimos bilan murojaat qilinadi. FKning 10-moddasida ko'rsatilganidek, fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar va shartnomada belgilab qo'yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo'lishiga qarab, sud, xo'jalik sudi yoki xolislar sudi tomonidan himoya qilinadi. Binobarin, huquqlari buzilgan shaxs (fuqaro yoki tashkilot)lar yuqorida ko'rsatilgan sud, xo'jalik sudi yoki xolislar sudiga davo arizasi berib, buzilgan huquqlarini himoya qilinishi to'g'risida davo qo'zg'atishlari mumkin. Davo muddati subyektiv huquq va majburiyatlarini himoya etishi uchun shaxsga beriladigan so'nggi imkoniyat. Bu vaqt oralig'ida shaxs o'z huquqlarining amalga oshirilishini talab qilmasa, ularni yo'qotadi[100]. Buzilgan huquqni himoya qilish talabi davo muddatining o'tganligidan qati nazar, sudda ko'rib chiqish uchun qabul qilinadi (FK, 153-modda). Agar davo arizasi qonun bilan belgilangan muddat davomida berilgan bo'lsa, sud, xo'jalik sudi yoki xolislar sudi tomoni davo ishini ko'rib, ishning mazmuni bo'yicha davoni qondirish yoki qondirmaslik to'g'risida qaror chiqaradi. Agar davo arizasi qonun bilan belgilangan muddatni o'tkazib berilgan bo'lsa, sud, xo'jalik sudi, yoki xolislar sudi muddatning o'tkazilish sababini muhokama qiladi, agar davo muddati uzrsiz sabablar bilan o'tkazilganligi aniqlansa, o'tkazilgan muddat tiklanishi va ishning mazmuni bo'yicha qaror chiqarilishi mumkin. Mulkiy munosabatlarni tartibga solishda davo muddatlari qonun bilan belgilanishi muhim ahamiyatga ega. Davo muddatining belgilanishi fuqarolik huquqiy munosabatlarni mustahkamlashga, qarzning undirilishi, majburiyatning bajarilishi to'g'risidagi talablar o'z vaqtida bajarilishini ta'minlashga, tashkilotlar o'rtasidagi hisob-kitoblar qilinishini tezlatishga, shartnoma va moliya intizomiga rioya etilishini ta'minlashga, xo'jalik hisobini mustahkamlashga yordam beradi. Davo muddatlarining belgilanishi fuqarolar o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni mustahkamlash uchun ham katta ahamiyatga ega. Mulumki, davoni belgilangan muddatda to'g'ri hal qilish uchun fuqarolik ishi yuzasidan dalillar to'plash va ularni chuqur tekshirish lozim. Ammo nizoli huquqiy munosabat vujudga kelgan paytdan boshlab uzoq muddat o'tgan bo'lsa, dalillarni to'plash ancha qiyinlashadi. Chunki ishning sudda ko'rilishi vaqtida bazi guvoh-larning bo'lmasligi (ko'chib ketgan, vafot etgan bo'lishi), bazilari esa bo'lgan voqealarni, faktlarni unutgan bo'lishlari yoki bu faktlarni buzib tasvirlashlari, ish to'g'ri hal qilinishi uchun zarur xarajatlar yo'qotilgan bo'lishi mumkin va hokazo. Agar davo muddati qonun bilan belgilanmagan bo'lsa, bitim tuzgan yoki birovning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.34 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.34 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga