Reja: 1. Davo tushunchasi 2. Davoning elementlari 3. Davoning elementlari 4. Davoning turlari 5. Davo qo'zg'atish 6. Bir necha talablarni birlashtirish va ajratish 7. Javobgar manfaatlarining himoya qilinishi Davo tushunchasi Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizoli huquqini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli (FPKning 1-moddasi). Yuridik shaxs huquqidan foydalanuvchi tashkilotlar o'zaro nizolari yuzasidan mulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish xususida, belgilangan tartibda xo'jalik sudiga murojaat qilishga haqlidirlar.1 Bazi davolar qonunda nazarda tutilgan hollarda, hakamlar (holislar) sudida qo'zg'atilib hal qilinishi mumkin. Yuqorida keltirilgan qonun ko'rsatmalariga asoslanib, davo deb huquqning yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatning himoya qilinishi to'g'risida sudga yoki boshqa vakolatli tashkilotga murojaat etishga aytamiz. Davo qo'zg'atish huquqi fuqarolar, davlat manfaatlarini va tashkilotlarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilishning protsessual vositasi bo'lib ko'riladi. Shariat huquqida fuqarolar o'zlarining manfaatlari, haq-huquqlarini himoya qilishda arz-shikoyatlar bilan bir qatorda davo qo'zg'atish yo'li bilan ham qozilarga (qozilar sudiga) murojaat qilganlar. Davo so'zini nafaqat fuqarolik, shu jumladan jinoiy ishlarda ham foydalanganlar. Bularni quyidagilardan anglash mumkin. Davo asli arabcha so'z bo'lib, o'z haq-huquqini himoya etish haqida sud orqali yoki boshqa yo'llar bilan qo'yilgan talab tushuniladi. Davoning bir qancha turlari mavjud: 1) xun davosi-o'ldirilgan kimsaning qoniga qon olish yoki qonun bilan jazo talab etish; 2) birovni ayblash, tuxmat qilish davosi; 3) o'zida yo'q haq-huquqni yoki xislat-fazilatlarning etirof etilishi yo'lidagi talab qilishga bo'lgan noo'rin yoki nohaq o'rinish (iddao) talabi, davo qilishi va hokazo. Huquqi buzilgan shaxs muddani deb yuritilgan. Davo qo'zg'atuvchi shaxs sudga murojaat qilishdan oldin, o'z talabini ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilishi to'g'risida majburiyat subyektiga murojaat qiladi, tashkilotlarning talabi (pretenziyasi) butunlay qanoatlantirilmasa yoki qisman qanoatlantirilgan bo'lsa yoxud talabga javob bo'lmasa, manfaatdor shaxs (fuqaro yoki tashkilot) buzilgan yoki nizoli huquqning yoxud qonun bilan himoya qilinadigan manfaatning qo'riqlanishi to'g'risida maxsus ariza bilan sudga murojaat qiladi. Fuqarolik davo ishi nizoli ish bo'lib ko'riladi. Bunday ishlarda albatta nizolashuvchi taraflar: da'vogar va javobgar qatnashadi va ular o'rtasida nizoli huquqiy talab bo'ladi. Bunday nizoli huquqiy talab bo'lmasa-davo ham, nizoli sud ishi ham bo'lmaydi. Agar biron-bir davosiz, nizosiz da'vogar va javobgari bo'lmagan fuqarolik ishlari ham sudda ko'rilishi mumkin. Nizosiz huquqlarning yoki qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarning qo'riqlanishi to'g'risida sudga murojaat qilish mumkinligi to'g'risida qonunda nazarda tutilgan. Masalan, alohida tartibda ko'riladigan ishlarda; fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topilishi yoki o'lgan deb elon qilishi (FPKning 286-290-moddalari); spirtli ichimliklarni yoki narkotik moddalarni suiitemol qilganlik uchun fuqarolarning muomalaga layoqatini cheklash yoki fuqaroning ruhiy kasalligi tufayli uni muomilaga layotkatsiz deb topish (FPKning 291-moddasi) ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.51 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.51 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: doc