Dehqon xo'jaliklarining huquqiy holati

Dehqon xo'jaliklarining huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
Dehqon xo'jaliklarining huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

dehqon xo'jaliklarining huquqiy holati Reja: 1. dehqon xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy tabiati va o'ziga xos xususiyatlari. 2. dehqon xo'jaligi tushunchasi, vujudga kelish asoslari va tartibi. 3. dehqon xo'jaligining yerdan foydalanish huquqi. 4. dehqon xo'jaligi faoliyatini huquqiy tartibga solish. 5. dehqon xo'jaligini tugatish asoslari va tartibi. hozirgi vaqtda Respublikamizda barcha sohalarda bozor munosabatlari amal qilayotgan sharoitda qishloq aholisining yordamchi xo'jaligidan samarali foydalangan holda ularning turmush darajasini oshirishga alohida ahamiyat berilmokda. qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'paytirishda fuqarolarning yordamchi xo'jaliklaridan unumli foydalanishga etibor karatilmokda. Shu sababdan, keyingi yillarda Respublikamizda fuqarolarning yordamchi xo'jaliklarini rivojlantirishga bagishlangan bir kator Prezident farmonlari kabul kilindi. Bular jumlasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 18 martdagi Shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklarini davlat yo'li bilan kullab quvvatlash hamda mamlakatni ozik-ovqat bilan ta'minlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora - tadbirlar to'g'risidagi Farmonini ko'rsatish mumkin. Ushbu farmonda fuqarolarning yordamchi xo'jaliklarini yuritish uchun ularga ajratilib beriladigan yer uchastkalarini sugoriladigan yerlar hisobiga kengaytirish masalasiga alohida etibor berilgan. O'zbekiston Prezidentining 1997 yil 18 martdagi farmonida takidlanishicha, shaxsiy yordamchi xo'jaliklariga ajratib berilgan yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida ajratib berilgan erlardan oqilona va samarali foydalanilayotgan qishloq xo'jaligidagi eng yaxshi tovar ishlab chikaruvchilarni ragbatlantirish tarikasida ularga beriladigan yer maydonlarini sugoriladigan erlarda 0,25 gektardan 0,35 gektargacha va lalmi erlarda 0,5 gektardan 1 gektargacha ko'paytirish mumkinligi tavsiya etildi. Shu bilan birga Farmonda tomorka yer uchastkalaridan xujasizlarcha foydalanayotganlardan bu erlarni Yer to'g'risidagi qonun talablari asosida qaytarib olish lozimligi kursatildi. yuqoridagi farmonlardan kurinib turibdiki, mamlakatimizda iqtisodiy islohatlar o'tkazilayotgan hozirgi davrda fuqarolarning yordamchi xo'jaliklarni xar tomonlama rivojlantirishga katta etibor berilmokda. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichida kulga kiritilgan eng muhim natija,- deb yozadi I.A.Karimov,- shaxsiy tomorkalarni kengaytirish, yangi sugoriladigan erlarni shaxsiy xo'jaliklar va bog-dala xovli uchastkalariga ajratib berish yo'li bilan aholini amalda yer bilan ta'minlashdan iborat buldi. Odamlarga yer berilishi chinakam inkilobiy ahamiyat kasb etdi, - deb davom etadi I.A.Karimov uzining O'zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo'lida nomli kitobida, - bu bilan xar bir individning davlatga karamligi tugatildi.1 Shaxsiy tomorka uchun berilgan yerning umumiy maydoni deyarli 700 ming gektarga etdi. 9 milliondan ortik odam ana shu yer hosilidan foydalanmokda. Tomorka erlarining o'rtacha xajmi 0,2 gektardan ortik bo'lib bu yer resurslari cheklangan bir sharoitda juda katta boylikdir. Shaxsiy xonadonlarda jami kora mollarning 40 foizi, kuy va echkilarning yarmi bokilmokda. Keyingi uch yil mobaynida bu xo'jaliklarning qishloq xo'jalik ishlab chiqarish umumiy xajmidagi ulushi 30 foizdan 44 foizga etdi. Ularda 1994 yil yakunlariga ko'ra jami sutning 76 foizi, kartoshkaning 56 foizi, sabzavotning 63 foizi va mevaning 60 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.03 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.03 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga