dehqonlarning huquqiy maqomi Reja: 1. dehqonlar huquqiy maqomining umumiy tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari. 2. Shirkat xo'jaligi a'zolarining huquqiy holati 3. Fermer xo'jaligi a'zolarining huquqiy holati. 4. dehqon xo'jaligi a'zolarining huquqiy holati. 5. qishloq xo'jaligida ijarachi dehqonlarning huquqiy maqomi Agrar davlat hisoblangan O'zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga utilayotgan hozirgi sharoitda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda tadbirkorlik, tashabbuskorlikni xar tomonlama rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratilib, dehqonlarning huquqlarini kengaytirishga katta etibor berilyapti, ularga erkin xo'jalik yuritish, etishtirilgin mahsulotlarni mustaqil ayirboshlash, mehnatning oxirgi natijalariga manfaatdorlik huquqi kabi imkoniyatlar yaratildi. dehqonlarning huquqiy maqomini urnatuvchi muhim qonunlar kabul kilindi. dehqonlarning huquqiy holati to'g'risida fikr yuritishdan oldin, kimlar dehqon bo'lishi mumkinligi, yani ushbu subyekt doirasiga kimlar kiritish mumkinligini aniqlash muhimdir. dehqonlar toifasiga kuyidagilar kiradi: birinchidan, davlat qishloq xo'jalik korxonalarining ishchilari; ikkinchidan, shirkat xo'jaligi a'zolari; uchinchidan, xo'jaliklararo tashkilotlarning xodimlari; turtinchidan, Agrasanoat birlashmalarining xodimlari; beshinchidan, fermer xo'jaliklarning a'zolari; oltinchidan, ijara jamoalarining a'zolari, yoki yakka tartibdagi ijarachilar va nixoyat ettinchidan, dehqon xo'jaligi a'zolari. dehqon tushunchasi qishloq xo'jalik korxonalarining xodimlari tushunchasiga karaganda ancha tor tushuncha bo'lib, uning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, dehqon deganda biz bevosita qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, qishloq xo'jalik mahsulotlari etishtiruvchini tushunamiz. qishloq xo'jaligi korxonlarining xodimlari doirasiga qishloq xo'jaligi ishlb chiqarish bilan bevosita shugullanuvchi dehqondan tashqari, boshqa xodimlar, yani iqtisodchilar, buxgalterlar xam kiritiladi. dehqonlar bilan qishloq xo'jalik korxonalarining boshqa xodimlari huquqiy maqomida bir kator farqlar bo'lib, ular ishlab chiqarish, mehnatni tashkil qilish, ish vaqti, dam olish vaqti, ish xaki kabi masalalarida bir xil huquqlar va majburiyatlarga ega bulmaydilar. dehqonlar huquqiy maqomi mezonlari bo'lib, ularning huquqlari, majburiyatlari (burchlari) va qonuniy manfaatlari hisoblanadi. dehqonlarning huquqiy maqomini belgilashda O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, Yer kodeksi, Yer soligi to'g'risidagi qonun, Ijara to'g'risidagi qonun, Tadbirkorlik to'g'risidagi qonun, Mulkchilik to'g'risidagi qonun, Fermer xo'jaligi to'g'risidagi qonun, dehqon xo'jaligi to'g'risidagi qonun fuqarolik kodeksi umumiy asoslar rolini uynaydi. Umumiy asoslardan tashqari, davlat qishloq xo'jalik korxonalari ishchilarining huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasining Korxonalar to'g'risidagi qonuni, mehnat kodeksi, Ichki mehnat tartibi qoidalari bilan, qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo'jaligi) a'zolarining huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasining qishloq xo'jalik kooperivlari (shirkat xo'jaligi) to'g'risidagi qonuni, Shirkat xo'jaligining Namunaviy Ustavi, Shirkat xo'jaligi ichki mehnat tartibi qoidalari bilan, dehqon xo'jaligi azosining huquqiy maqomi dehqon xo'jaligi to'g'risidagi qonun bilan, Ijarachi dehqonlarning huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasining Ijara to'g'risidagi qonuni bilanbelgilanadi.Ushbu umumasosiy qonunlar va maxsus me'yoriy hujjatlarda dehqonlar huquqiy maqominig o'ziga xos jihatlari, dehqonlarning mehnat huquqiy, ijtimoiy huquqiy maqomlari, hamda ularning asosiy maqomiy majburiyatlari urnatilgan bo'ladi. O'zbekiston Konstituttsiyasida urnatilgan fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari dehqonlar huquqiy maqomining xam umumijtimoiy asosini tashkil etadi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.15 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.15 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: doc