Demokratik fuqarolik jamiyati va uning mazmun mohiyati Reja: 1. Demokratik fuqarolik jamiyati, uning huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy asoslari. 2. O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning bosqichlari va xususiyatlari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari. 3. Ochiq fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» siyosiy qurilish dasturi. Demokratik fuqarolik jamiyati, uning huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy asoslari Demokratik fuqarolik jamiyatini qaror toptirish O'zbekiston xalqining ulug'vor maqsadlaridan biridir. Demokratik fuqarolik jamiyati erkin, demokratik huquqiy sivilizatsiyalashgan jamiyat bo'lib, unda yakka hokimlik rejimiga, valyuntarizmga, sinfiy adovatga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo'ravonlik qilishga o'rin yo'q. Bunday demokratik fuqarolik jamiyatida faqat qonun, axloq, insonparvarlik adolat ustuvorlik qiladi. O'zbenkiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo'lib, u insonning o'z-o'zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to'la darajada ro'yobga chiqishiga ko'maklashadi. Ayni paytda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo'l qo'yilmaydi, ya'ni erkinlik va qonunga bo'ysinish bir vaqtning o'zida amal qiladi.95 Demokratik fuqarolik jamiyatida ko'p ukladli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti, tashabbuskor tadbirkorlar iqtisodiy rivojlanishning asosini tashkil etadi, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari muvozanatga keltirilib turiladi. Demokratik fuqarolik jamiyatida fuqarolarning davlat oldidagi majburiyatlari, asosan, qonunlarga itoat etish va soliqlarni to'lab borishdan iboratdir. Albatta, muayyan vaziyatlarda fuqarolar oldida ularning ijtimoiy, mehnat, tadbirkorlik faoliyati, xizmat, harbiy, oilaviy burchlarini ado eishlari bilan bog'liq mas'uliyatlar ham mavjud bo'ladi. Ammo ushbu tizimda vertikal aloqalar emas, balki, asosan, gorizontal aloqalar ustuvorlik qiladi. Shuningdek, demokratik fuqarolik jamiyatida yana ikkita tamoyil ustuvorlik qiladi. Birinchisiga ko'ra, har bir odam sud tomonidan aybdor, deb topilmaguncha erkin va teng huquqli fuqaro bo'lib qolaveradi. Ikkinchidan, har bir erkin fuqaro istagan tarzda qonun doirasida, qonun va axloqqa zid bo'lmagan holda harakat qilishi mumkin. Birinchi tamoyilga ko'ra, har bir odam aybi qonun jihatidan huquqiy isbotlanmagan bo'lsa, u hamisha halol, to'g'ri va aybsiz hisoblanadi. Ikkinchi tamoyilga binoan erkin fuqaro qonun va axloqqa zid bo'lmagan har qanday xatti-harakatni qilishi mumkin. Shunday qilib, demokratik fuqarolik jamiyati siyosat va mafkura hukmronligidan xoli bo'lgan jamiyat ochiq, demokratik, totalitar, o'z ichida botiniy rivojlanib boruvchi demokratik fuqarolik jamiyatida inson, fuqaro, shaxs markaziy o'rinni tutadi. Shu ma'noda demokratik fuqarolik jamiyati siyosiy-mafkuraviy, xususan, avtoritar jamiyatga qarama-qarshi turadi. Demokratik fuqarolik jamiyatining mohiyati xususida asrlar davomida shakllanib kelgan bir-biridan farq qiluvchi qarashlar, nazariyalar g'oyalarga to'xtaladigan bo'lsak, hamma vaqt inson huquqlarining paymol etilishiga qarshilik bildirilgan. Qadimiy tabiiy va odat huquqlariga asoslangan «qabilaviy demokratizm» an'analaridan tortib, ko'hna Bobilning «Hamurappi qonunlarini»-yu «Avesto» normalari hamda ularga asoslangan zardushtiylik ta'limotigacha ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.86 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.86 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: doc