Demokratik huquqiy davlatlarning tashkil topishi Davlat Mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo'lgan hukmron tuzilma. D. jamiyatni o'z qonun-qoidalariga ko'ra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. to'g'risidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud. D. masalasi haqidagi qarashlar, ta'limotlar. D. hokimiyati hamda huquqiy hayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. D. to'g'risidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxminan 4-3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo bo'lgan. Ular asosan diniy-mifologik xarakterda edi. Avesto ta'limotiga ko'ra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amalga tayanadi. D.ning vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini ta'minlashdir. Islom dini ta'limoti bo'yicha, Allohnpng o'zi oliy qonun sohibi. Uning talablari, ko'rsatmalari pay-g'ambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. D. boshliqlari - podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi. Diniy-mifologik ta'limotlar b-n birga, keyinchalik D. to'g'risidagi dunyoviy qarashlar, g'oyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta hissa qo'shdilar. Bugungi dunyoviy D.larda ana shu mutafakkirlar ta'limotlari muayyan darajada o'z aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va o'z ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va h.k.) asosida D.ga birlashadilar, deb hisoblagan. D.ga jamiyatda tinchlikni, tartibni ta'minlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. Davlat - huquqqa rioya etish, u umum manfaati yo'lida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi (Grotsiy), D. huquqiy qonunlar himoyasida bo'lgan ko'pchilik odamlarning birlashmasidir (Kant). G'arbiy yevropalik olim J. Boden D. ichki va tashqi siyosatda mustaqildir, deyish b-n suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu xususda o'zicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshlig'i yoki bir necha kishilar bo'li-shi mumkinligini e'tirof etgan. U D. zimmasiga qo'l ostidagilarga tinchtotuvlikni bahsh etish, ular xavfsizligini ta'minlash yuklatiladi, deb yozgan. D. haqidagi nazariyalar qanchalik xilmaxil bo'lmasin, D.ning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni o'z yo'li b-n kechdi. D.ning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dastlabki D.lar sug'oriladigan dehqonchilik hududlari - Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 3,5-5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sug'orish shoxobchalarini bunyod etish b-n mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. D.ning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, fir'avn, xon va q.k.), quyiroqda - uning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
175.75 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
175.75 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: pptx