Demokratik islohotlar siyosiy plyuralizm va ko'ppartiyaviylik

Demokratik islohotlar siyosiy plyuralizm va ko'ppartiyaviylik

O'quvchilarga / Huquq
Demokratik islohotlar siyosiy plyuralizm va ko'ppartiyaviylik - rasmi

Material tavsifi

Demokratik islohotlar siyosiy plyuralizm va ko'ppartiyaviylik Reja: 1. Siyosiy islohotlar - demokratik jamiyat barpo etish va uning rivoji asos-negizi. 2. Siyosiy plyuralizm va siyosiy sohani erkinlashtirish. 3. Siyosiy partiyalar, ko'ppartiyaviylik, nodavlat va jamoat tashkilotlari. Siyosiy islohotlar - demokratik jamiyat barpo etish va uning rivoji asos- negizi Ushbu mavzuni yoritishda, avvalo, siyosat, siyosiy islohotlarning o'zi nima, ularning mazmun-mohiyati nimadan iborat, kabi masalalarga to'xtalib o'tsak maqsadga muvofiq bo'ladi, deb o'ylaymiz. Siyosat - yunoncha politik ya'ni davlat yoki ijtimoiy ish degan ma'noni anglatadi. Siyosat - bu davlatni, jamiyatni boshqarish san'ati va mahoratini, turli tabaqa va guruhlarning o'zaro munosabatlari bilan bog'liq faoliyat doirasidir. Siyosat jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olishi bilan birga, uning asoslari iqtisod, ma'naviyat bilan uzviy bog'liq holda tahlil etiladi. Demak, siyosat jamiyat siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotining umumlashgan, ya'ni integrallashgan ifodasidir. Siyosatning jamiyat hayotiga bevosita ta'sirini hisobga olib, uni jamiyat hayotini belgilaydi, degan xulosaga kelmaslik kerak. Siyosat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo'lib, mavjud siyosiy hokimiyatning tuzilishi, demokratik jarayonlarning xarakteriga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Siyosatning o'ziga xos jarayon sifatida mustaqilligi shundan iboratki, u jamiyat hayotining ichki xususiyatlari bilan bevosita bog'liq holda uning yo'nalishlarida, rivojlanish bosqichlarida, ko'lami tabiati va nihoyat maqsad muddaolarida o'z aksini topadi. Shuning uchun ham Iqtisodiy siyosat, Ijtimoiy siyosat, Madaniy siyosat, Agrar siyosat, Kadrlar siyosati va h.k. siyosat kabi yo'nalishlar bilan farqlanadi. Bularning har biri o'zining ichki xususiyatlariga ega bo'lib, pirovardida siyosatning subyekti - davlatning hokimiyat shakli, tizimi, tashqi siyosatning tabiati va maqsadlari bilan o'zaro bog'liq bo'ladi. U jamiyatning siyosiy negizi bilan ham uzviy bog'liq bo'lib, siyosatning tabiatini belgilaydi. Siyosat ko'rinishlarining o'zaro aloqasi va ta'siri siyosiy jarayonlarda namoyon bo'ladi. Siyosiy islohotlar - demokratik jamiyat barpo etish va uning rivoji, asos-negizi O'zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etish vazifalari siyosat va siyosiy munosabatlar, iqtisodiy, ijtimoiy, shaxsiy, milliy-ma'naviy munosabatlar bilan uzviy bog'liq. Natijada siyosat ijtimoiy hayotning barcha sohalari: iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy rivojlanishda o'ziga xos mavqega ega. Shuning uchun ham siyosiy islohotlar demokratik jamiyat qurishning asos-negizidir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar, asosan, hokimiyat va jamiyat o'rtasidagi muloqot asosiga qurilgan. O'zbekistondagi siyosiy jarayonlar bevosita davlatning bosh islohatchilik roli va faol siyosat olib borishi bilan xarakterlanadi. Bu - tarixiy davlatchilik an'analari bilan belgilanadi. hozirgi kunda jamiyatimiz siyosiy tizimi oldida turgan eng muhim vazifa bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tishda turli manfaatlar muvozanatini to'g'ri aniqlab olishdir. Bu borada bizga Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil, olti ustuvor yo'nalish va etti ustuvor vazifalar dasturilamal bo'lishi lozim. Mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini demokratik erkinlashtirish, siyosiy islohotlarning mevasidir desak xato bo'lmaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.49 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.49 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga