Demokratik jamiyat qurilishida kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari. RYeJA: 1. O'zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati. 2. O'zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining xususiyatlari. 3. O'zbekistonda ijtimoiy himoya tizimida inson omili. 4. Ijtimoiy himoya tizimining jahon tajribasi. 1. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo etishdagi o'rnini va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo'l qo'ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta'minlagan holda, O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldik. 14 Darhaqiqat, bozor munosabatlariga o'tish davrida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya tizimi shakllantirildi va hozirda uni takomillashtirish muhim masala bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jihatdan yangi bosqichga o'tish ehtiyoji paydo bo'ldi. Shu munosabat bilan aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning zamonaviy tizimiga o'tish jarayoni kechmoqda. Adolat tushunchasining kelib chiqishi (sotsiogenezi) to'g'risidagi ta'limotni buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy yaratishga uringan. Buyuk mutafakkir adolat g'oyasini jamiyatning asosiy davrlariga tadbiqan qarab chiqqan. Bunda u insoniyat jamiyatining kelib chiqishida tabiiy ehtiyojlar yotishini, bu ehtiyojlarni uyg'unlashtirish esa adolat tuyg'usini shakllantirishini takidlagan edi. Sharq mutafakkiri Konfutsiyning g'oyalarini davom etirgan holda Forobiy adolatning yuksak tushunchasi insoniyatning ma'rifiy davriga to'g'ri kelganligini takidlaydi. Bu davrda xususiy mulk o'rnatiladi va u kishilarning o'zaro tengsizligini keltirib chiqaradi. Shunisi muhimki, teng taqsimlashni ifodalagan adolat tushunchasi endi mulk ta'sirida tengsizlikni ifoda eta boshlaydi. Bu tushunchaning o'zi xususiy mulkni o'rnatishda ishtirok etadi. Demak, adolat to'g'risidagi tasavvurlar insoniyatning oddiy egalitarizm, yani barcha baravar bo'lgan holdagi darajasidan yuqori ko'tarila borishi natijasida yanada to'laroq shakllana borgan. Tenglashtiruvchi qoida bo'lgan, zo'rlikni aks zo'rlik bilan muvofiqlashtiruvchi vosita sifatida davolar tengligini o'rnatib kelgan adolat tushunchasi xususiy mulkka asoslangan jamiyatda yangicha mazmun kasb eta boshlagan. Endi jamiyat ijtimoiy munosabotlarni muvozanatga keltirishning yangi tizimiga muhtojlik seza boshladi. Yuz bergan ulkan ijtimoiy o'zgarishlar kishilar ongida, 14 . Qarang: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to'qqizinchi sessiyasidagi (2002 yil 29-30avgust) ma'ruzasida bayon etilgan asosiy vazifalar va qoidalarni keng yoritish bo'yicha tashkiliy-ma'rifiy tadbirlar Dasturi. -T.: O'zbekiston, 2002. B.10. dunyoqarashida, siyosiy-huquqiy fikrda, axloqiy normalarda ijtimoiy adolat g'oyasining uzil-kesil shakllanishiga olib kelgan. Bu haqda Sharqning boshqa bir mutafakkiri - Abu Ali ibn Sino qiziqarli fikrlarni bayon qilgan. Uning fikricha, o'zaro bog'liqlik va almashuv jarayonida insonlar bir- birlarini qandaydir muhtojlikdan holi etadilar. Buning uchun insonlar o'rtasida o'zaro kelishuv zarur bo'lib, bu kelishuv tufayli adolat qoidalari va qonunlari o'rnatiladi. Ijtimoiy hayotda adolatparvarlikni qatiy turib himoya qilgan ta'limotlardan biri tasavvuf falsafasidir. Tasavvuf namoyondalari boshqa ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.18 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.18 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: doc