Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari Reja: O'zbekistonda demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining o'rni Mustaqillik yillarida O'zbekistonda demokartik tamoyillar asosidagi o'zini-o'zi boshqarish tizimining tiklanishi. Mahallaning fuqarolarning demokratik qarorlari qabul qilishda tshtirokini ta'minlash va aholini ijtimoiy himoya qilishdagi o'rni. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahondagi ilg'or demokratik mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qaror topishi bilan o'zini-o'zi boshqarish organlari fuqarolarning jamiyatni boshqarishidagi asosiy instituti sifatida takomillashib kelmoqda. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish (g'arbda «munitsipal» deyiladi) deb, u yoki bu ma'muriy-hududiy birliklardagi aholi vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma'muriyatlari tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan ishlarni boshqarish tushuniladi. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish nomarkazlashish tamoyillari asosidagi boshqaruv bo'lib, uning asosiy belgilari, bu-mazkur organlarning fuqarolar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri saylanishligi va mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan o'zini o'zi boshqarish faoliyatiga rahbarlik qilishdagi nisbatan mustaqilligidir. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari davlat tashkilotining unsurlarini tashkil etadi. Shuningdek, ular joylardagi mahalliy davlat organlari tizimidagi yuqori darajaga taalluqli bo'lmaydi. Chunki, odatda hududlarni boshqarish funksiyalarining aksariyati hukumat va alohida vazirliklarning quyi organlariga berilgandir. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari fuqarolar tomonidan saylanishi, shuningdek, mahalliy aholining vakillari sifatidagi rasmiy o'rinlarga binoan vakillik tizimining tarkibiy qismlaridan biridir. Bu organlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi faoliyatlari aholi uchun ulkan ahamiyatga egadir. O'zini o'zi boshqarish organlarida davlat boshqaruvining boshqa bo'g'inlariga nisbatan byurokratizmga berilish kamroq bo'ladi. Ana shu barcha fazilatlar saylanuvchi mahalliy o'zini o'zi boshqarishni demokratiya qadriyatlaridan biriga aylanishiga imkoniyatlar yaratdi. Mahalliy o'zini o'zi boshqarishning demokratik tamoyillar asosidagi nazariyasi dastlab XYII asrning ikkinchi yarmida g'arbiy Yevropada ishlab chiqilgan bo'lib, uning tabiati va jamiyatdagi o'rni mahalliy hokimiyatlar va jamoalar o'zini o'zi boshqarish organlarining fuqarolar tomonidan saylanish prinsipi g'oyalari bilan bog'liqdir. Saylanuvchi o'zini o'zi boshqarish organlarining mustaqilligi konsepsiyasi, ularning qishloq jamoalari va shaharlardagi ishlarga rahbarlik qilishida markaziy hokimiyatga nisbatan mustaqilligi yangi tarixning ilk davrida mahalliy o'zini o'zi boshqarish funksiyalarini ifodalab, bu organlarga davlat boshqaruvi sohasidan tashqaridagi bo'g'in sifatida qarash rusumga kirdi. 1985 yil 15 oktabrda YevropaIttifoqi tomonidan qabul qilingan «Mahalliy o'zini boshqarish to'g'risidagi Yevropaxaritasi»ning 3- moddasida bu tushuncha quyidagicha ifodalanadi: «Mahalliy o'zini o'zi boshqarish deganda, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining o'z mas'ulligida, mahalliy aholi manfaatlari asosida, qonunlar doirasida davlat ishlarining aksariyat qismini boshqarishiga va uni real uddalay olish qobiliyatiga aytiladi. Bu huquqlar erkin, yashirin, teng, to'g'ridan to'g'ri umumiy saylovlarda saylangan a'zolardan iborat kengashlar yoki majlislar tomonidan amalga oshiriladi. Kengashlar yoki majlislar o'zlariga hisobotlar berib boruvchi yoki ijroiya organlariga ega bo'lishi mumkin. Bu qoidalar fuqarolar majlislariga, referendumlarga yoki fuqarolar to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:50:36
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
19.53 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:50 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
19.53 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: ppt