Demokratik jamiyat to'g'risidagi dastlabki qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari

Demokratik jamiyat to'g'risidagi dastlabki qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari

O'quvchilarga / Huquq
Demokratik jamiyat to'g'risidagi dastlabki qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Demokratik jamiyat to'g'risidagi dastlabki qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari Reja: 1. O'zbekiston zaminida adolatli jamiyat to'g'risidagi dastlabki qarashlar. 2. O'zbekiston hududida dunyoga kelgan davlatchilik boshqaruv negizlari. (IX-XIXasrlar). 3. I. A. Karimov Yangi mustaqil O'zbekistonning birinchi Prezidenti. 4. O'zbekistonning davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Jamiyat hayotida shunday hodisalar yuz berishi mumkinki, ular asta-sekinlik bilan kundalik turmush mavjlaridan qudratli to'lqinlarga, mayin shabadalardan bo'ronlaru shaddatli davullarga aylanadi. Erk va mustaqillik uchun kurash o'tmishda Turon zaminda bir lahza ham tingani yo'q. Bu borada Prezidentimiz I. Karimov O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishida so'zlagan nutqida O'zbek millati azaldan o'z fikri, o'z istiqloli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh - deb ta'kidlaydi (I. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-tom, 1996 yil, 92-bet). Miloddan avvalgi 104-101 yillarda Xitoy istilosini, yoki V asrda eftalitlar bosqinini, Eron shohlarining, Yunon-Makedon imperatorlarining, arablar va tatar-mo'g'illarining istilochilik harakatlarini yodga olish buning uchun kifoyadir. Masalan. Kayxusraf boshchiligidagi Eron bosqinchilariga qarshi To'maris tomonidan ko'rsatilgan martlik, Shiroqning Turon eliga bostirib kelgan Doro qo'shinlarini aql-idrok ishlatib yenganligi, Aleksandr Makedonskiyga qarshi Spitamenning olib borgan kurashi asrlardan-asrlarga o'tib tillarda doston bo'lib kelmoqda. Tarixning guvohlik berishicha Turkiston o'lkasida bir yarim ming yillik o'tmishi mobaynida bor yo'g'i 376 yil hur mamlakat rutbasida bo'lgan, boshqa paytlar esa bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan. Shundan ham ko'rinib turibdiki, Turkiston tarixiy rivojlanishining hamma bosqichlarida turli shakllardagi bo'linishlariga, uning xalqi o'zgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitishlarga duchor bo'lgan (qarang: O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. MA'ruzalar matni. 2001 yil. 15-bet). Milliy mustaqillik uchun olib borilgan hayot-mamot janglari chor Rossiyasi Turkistonni bosib olgandan keyin ham davom etdi. Turkistonga qiziqish rus davlatida Pyotr 1 hukmronli davridayoq boshlangandi. Chor istilochilari Turkiston yerlarini egallash uchun har qanday vahshiylik va qotillikdan tap tortishmagan. Qonxo'r general Skobelev o'zining bosqinchi harbiy guruhi bilan 1881 yilning 12 yanvarida Ko'ktepada 22,5 mingdan ziyod begunoh turkman, qozoq, o'zbek, qirg'izlarni vahshiyona chopib tashlaydi. Bunday vahshiyliklar uning tomonidan Andijonda bo'lib, to'plar otish natijasida 3 mingga yaqin odam vayronalar ostida qolib ketgan.(Majid Hasaniy. Turkiston bosqini. T. 1992 yil 11-12 betlar). Turkiston Rusiya tomonidan bosib olinib, mustamlakaga aylanishi bilan unga nisbatan zo'ravonlik siyosati, iqtisodiy, siyosiy, harbiytazyiqlar boshlangan edi. Mamlakatimiz, xalqlarimiz ko'rmagan zulm, chekmagan azob-uqubat qolmadi. Mahalliy xalq uchun mustaqillik o'tmishga aylana boshladi. Fitrat bu haqda o'zining Yurt qayg'usi she'riy to'plamida Ko'rdim, kezdim, eshitdim, o'qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo'qdir, - deb yozgan edi. (SHarq yulduzi. 1992 yil 4-son, 181-bet). Qizil imperiyaning tajovuzkorona siyosati 70 yildan ko'proq vaqt mobaynida asta-sekinlik bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 729.61 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 729.61 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga