Demokratik jamiyat va O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li hamda xususiyatlari

Demokratik jamiyat va O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li hamda xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Demokratik jamiyat va O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li hamda xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Demokratik jamiyat va O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li hamda xususiyatlari Reja: 1. Demokratik jamiyatning moddiy negizi. Bozor - iqtisodiyot demokratiyasi. 2. Bozor iqtisodiyoti: huquqiy asoslar, bosqichlar va xususiyatlar. 3. Mulkdorlar sinfini shakllantirish - demokratiya omili. Demokratik jamiyatning moddiy negizi Demokratik jamiyatning moddiy negizi - bozor iqtisodiyotidir. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida ishlaydigan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti - iqtisodiy munosabatlar majmui. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishni kun sayin takomillashuviga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga, miqdorining ko'payishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning boshlang'ich shartlariga ko'ra, bir-biridan mutlaqo farq qiluvchi uch xil yondashuv bor: 1. Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va rivojlantirish, uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan rivojlangan mamlakatimizda aralash iqtisodiyotni shakllantirishdan iborat. 2. Rivojlangan mamlakatlarning eng oddiy va bozor patriarxal feudal munosabatlari ko'rinishiga ega bo'lgan an'anaviy iqtisodiyotini madaniy bozor munosabatlariga aylantirish kerak. 3. Sobiq sotsialistik mamlakatlarning yakkahokimlik tartibidan, ma'muriy-buyruqbozlik usulidan bozor munosabatlariga, demokratik jamiyatga o'tish ko'zda tutilgan. Demak, O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tar ekan, ishlab chiqarishda o'ziga xos musobaqaning rivojlanishiga yo'l ochadi. Odamlarning imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga sharoit yaratadi, tadbirkorlik va ishbilaromonlikka yo'l ochiladi. Demokratik jamiyatning negizlarini shakllantirishda yuqoridagi holatlar muhim rol o'ynaydi. Bozor iqtisodiyotiga o'tar ekan, mamlakatimizda siyosatga nisbatan iqtisodiyotning ustuvorligiga erishish nazarda tutiladi. Shunday qilib, iqtisodiyotning ustuvorligi esa O'zbekistonda to'laqonli demokratik jamiyat va huquqiy davlatni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Demokratik jamiyatning moddiy negizi hisoblangan bozor iqtisodiyotini o'ziga xos belgilari mavjud, ular quyidagicha: Iqtisodiy faoliyat erkinligi, mulkchilik shakllarining xilma-xilligi, narx-navoni erkinlashtirish, iqtisodiyotning antimonopolistik xarakteri, raqobat, iqtisodiy manfaatlarni uyg'unlashtirishga intilish, ijtimoiy yo'nalishning kuchayishi, sog'lom pul muomalasi, jismoniy va yuridik shaxslarning teng imkoniyatlari va boshqalar. Mana, iqtisodiy faoliyat erkinligi, ya'ni xilma-xilligi, turli-tumanligini olib qarang. Buni iqtisodiy plyuralizm, deb ataydi. Iqtisodiy plyuralizm jamiyatimizda demokratiyani, ya'ni iqtisodiy demokratiyani shakllantiradi. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlikni kengaytiradi, odamlarning faolligini oshiradi. Bozor iqtisodiyotida raqobat keskin, shiddatli kechadi. Raqobat bozor iqtisodiyotini joni desak, mubolag'a bo'lmaydi. Raqobat izlanuvchanlikni, topqirlikni, harakatchanlikni charxlaydi. Tovar ishlab chiqaruvchilarni kam resurs sarflab, sifatli mahsulot ishlab chiqarishga undaydi, fan, texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilib, yangiliklar tarafdori bo'ladilar. Prezident Islom Karimov O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li asarida mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarini ishlab chiqdi. Har qanday mamlakat bozor munosabatlariga o'tishda boshqalarnikiga o'xshamaydigan, o'z yo'lini ishlab chiqishi va belginashi darkor. O'zimizning yo'limizni uchta tarkibiy qismi bo'lishi nazarda tutiladi. 1) Ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining xarakteristikasini yaratish. 2) Qat'iy markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidagi xo'jalik yuiritishning bozor munosabatlariga asoslangan yo'liga o'tishning eng muhim prinsiplarini ishlab chiqish. 3) Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.48 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.48 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga