Demokratik jamiyat va O'zbekistonda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar vobastaligi e'tiqod erkinligi

Demokratik jamiyat va O'zbekistonda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar vobastaligi e'tiqod erkinligi

O'quvchilarga / Huquq
Demokratik jamiyat va O'zbekistonda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar vobastaligi e'tiqod erkinligi - rasmi

Material tavsifi

Demokratik jamiyat va O'zbekistonda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar vobastaligi e'tiqod erkinligi Reja: 1. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi-demokratik sivilizatsiya. 2. E'tiqod erkinligi-jamiyat demokratiyasi mezoni. 3. Dunyoviy davlat va din. Din va mafkura. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi-demokratik sivilizatsiya Tarixiy rivojlanish o'ta murakkab, ziddiyatli jarayon. Bu jarayon ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik ulug'vorlik va pastkashlik kabi qarama-qarshi hodisalarning, g'oyalarning o'zaro ta'siri va kurashidan iborat. Tarixiy merosimizni, qadriyatlar tizimini o'rganganimizda mana shu ziddiyatli jarayonga e'tibor berishimiz kerak. Yuqoridagi ziddiyatlarni tan olish masalaning bir tomoni, xolos. Qadriyatlarning paydo bo'lishi shakllanib, barqarorlashib qolishi yoki ma'lum vaqtdan so'ng iste'moldan chiqib ketish sabablarini aniqlash orqali biz tarixiy rivojlanishning ma'naviy asoslarini aniqlashga erishamiz. Qadriyat tushunchasining mohiyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, asrlar sinovidan o'tgan, xalqning turmush tarzida barqarorlashib qolgan, o'tmishni kelajak bilan bog'lashga xizmat qiladigan moddiy va ma'naviy boyliklar, san'at asarlari, diniy marosim va odatlar, oilaviy an'analar qadriyat sanalishi mumkin. Demak, har qanday ijtimoiy hodisa, har qanday an'ana, har qanday insoniy xislat, odat qadriyat bo'lavermaydi. Erkin fuqarolik jamiyatiga dunyodagi ko'pdan-ko'p davlatlar asrlar davomida to'plagan tajriba va demokratik an'analarni rivojlantira borib, etib kelganlar. Prezident shu haqda mulohaza yuritar ekan, biz shunday jamiyatni barpo etishni orzu qilmoqdamiz va shunga intilmoqdamiz, deb ta'kidlaydi. Lekin bu go'zal orzuga erishmoq uchun tinimsiz intilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o'rganib, o'z zamonamizga tadbiq etishimiz lozim. Shu bilan birga milliy o'ziga xosligimizni, asrlar sinovidan o'tgan an'analarimizni, hamisha iymon-e'tiqod bilan yashash kabi hayotiy tamoyillarimizni ham saqlab, yuksaltirib borishimiz zarur. Prezidentimiz demokratik jamiyatini shakllantirish uchun, eng avvalo, odamlarning dunyoqarashi va tafakkurini turli-tuman asoratlardan tozalashimiz zarurligini qayta-qayta takrorlab kelmoqda. Ammo bu ish nihoyatda qiyin va murakkab muammo. Shuning uchun ham Islom Karimov qayta-qayta uqtirganidek, biz kishilar dunyoqarashini boshqarish fikridan yiroqmiz, balki biz odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma'no va mazmun bilan to'ldirish tarafdorimiz. Demak, odamlarning dunyoqarashini boshqarish emas, balki uni yangi ma'no va mazmun bilan boyitish haqida gap ketayapti. Odamlarning dunyoqarashini boshqarish totalitarizmga olib boradi, ya'ni, odamlarning ong-tushunchasiga totalitar g'oyalar zo'rlab singdiriladi. Odamlarning dunyoqarashi va tafakkurini yangi mazmun va ma'no bilan boyitishda, birinchi navbatda, odamlar dunyoqarashi va tafakkurining voqelikka nisbatan ta'sirini inobatga olish mutlaqo zarur. Bunda eng ta'sirchan va samarali vosita milliy istiqlol g'oyasidir. Shuning uchun ham milliy istiqlol g'oyasini yoshlar qalbi va ongiga singdirishda milliy omillar bilan birga umuminsoniy qadriyatlar roliga ham katta e'tibor berish kerak. Aniqroq aytganda milliy va umuminsoniy qadriyatlar vobastaligi bu boradagi eng to'g'ri yo'ldir. O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, - deyildi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida, - ularga ko'ra inson, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.06 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.06 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga